Amazon kompaniyasi bir yarim yil mobaynida 100 000dan ortiq ish o‘rinlarini yaratmoqchi
17.02.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Ko‘plab kompaniyalar ish o‘rinlarining qisqartirilishi haqida xabar berayotgan hozirgi vaqtda, Amazon kompaniyasi xodimlari shtatini kengaytirishni rejalashtirgan. Faqatgina kengaytirish emas, balki yaqin bir yarim yil mobaynida 100 000dan ortiq ish o‘rinlarini yaratishni ko‘zlamoqda. Bunda gap kun bo‘yi band bo‘ladigan to‘laqonli ish o‘rni haqida bormoqda. Hozirgi vaqtda kompaniyada 180 000dan ortiq ishchi-xodim mavjud, 2011-yilda ularning soni bor-yo‘g‘i 30 000 nafar edi.

Amazon kompaniyasidan ma’lum qilinishicha, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi — bu mamlakat bo‘yicha turli tajriba, bilim va malakaga ega insonlar uchun yangi imkoniyatlar taqdim etilishidir. Ish o‘rinlarining katta qismi Texas markazi, Kaliforniya, Florida, Nyu-Jersi va boshqa shtatlardagi yangi binolarning qurilishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, Amazon kompaniyasi kun bo‘yi ishxonada o‘tira olmaydigan, qulay ish jadvali asosida ishlashni xohlaganlar uchun o‘qish va mehnat fahriylarini yollash hamda to‘liqsiz ish kunida ishlash imkoniyatini taqdim etadi.

Manba: http://phx.corporate-ir.net

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq