Axborot-kutubxona muassasalaridagi asosiy axborot jarayonlarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan dastur (ARMAT++)
16.02.2017
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va doktorantlari tomonidan axborot-kutubxona muassasalari(ARM)ning avtomatlashtirilgan tizimining yangi versiyasi (ARMAT++) ishlab chiqildi. Tizim taqdimoti OO‘MT vazirligi huzuridagi “Ta’limda elektron ta’limni joriy etish markazi” orqali videokonferensiya shaklida o‘tkazildi. Tizim “Ta’limda elektron ta’limni joriy etish markazining” serveriga joylashtirilgan bo‘lib, unga Respublika OTM ARMlaridan kirish mumkin.

ARMAT++ tizimida foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish

Tizimning bosh sahifasidagi «Ro‘yxatdan o‘tish» tugmasi sichqoncha bilan chertiladi va tizimdan foydalanuvchi masofadan turib, ARMga o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuborishi mumkin. Ayni paytda foydalanuvchilarni bevosita ARM xodimi ro‘yxatga olishi mumkin. Masofadan turib, foydalanuvchini ro‘yxatga olish jara­yonini ko‘rib chiqaylik. Tizimning bosh sahifasidagi «Ro‘yxatdan o‘tish» tugmasini sichqoncha bilan chertib, 1.1-rasmdagi shaklga ega bo‘lamiz. Autentifikatsiya, tashkilotga tegishli ma’lumotlar, foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bloklariga kirib, foydalanuvchining ma’lumotlarini kiritamiz. Dastlab Autentifikatsiya blokiga tegishli ma’lumotlarni kiritishni ko‘rib chiqamiz. Autentifikatsiya maydonining o‘ng tomonidagi «qo‘shuv» belgisiga sichqoncha bilan chertamiz va 1.2-rasmdagi shaklga ega bo‘lamiz. Autentifikatsiya maydonining o‘ng tomonidagi «ayiruv» belgisiga sichqoncha bilan chertib, autentifikatsiya blokini yig‘ishtirib qo‘yamiz. Tashkilotga tegishli ma’lumotlar blokini to‘ldirishga o‘tamiz. Buning uchun tashkilotga tegishli ma’lumotlar maydonining o‘ng tomonidagi «qo‘shuv» belgisiga sichqoncha bilan chertamiz va maydonlarni to‘ldiramiz (1.4-rasm). Foydalanuvchi «Tashkilotga tegishli ma’lumot» maydonini to‘ldirishda avvaldan tayyorlab qo‘yilgan menyudagi ro‘yxatdan tegishli qiymatni belgilab, maydonga o‘rnatadi. Ma’lumotni tasdiqlash menyusini ochadi va «Ha» qiymati tanlanadi (1.5-rasm).

Ma’lumotlarni tasdiqlash maydoniga «Ha» qiymati berilgach, tizim avtomatik ravishda «Ma’lumotlar bazasi»ga foydalanuv­chiga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar bazasini o‘rnatadi (1.6-rasm). Interfeys tili maydoni to‘ldirilishi uchun, menyudan, foydalanuvchi o‘ziga maqbul bo‘lgan interfeys tilini tanlaydi. Tashkilotga tegishli ma’lumotlar blokidagi barcha maydonlar to‘ldirilgach, «Tashkilotga tegishli ma’lumotlar» bloki, maydonning o‘ng tomonidagi «ayirish» belgisiga sichqoncha bilan chertish orqali yig‘ishtirib qo‘yiladi. Foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar blokidagi maydonlar to‘ldiriladi. Bu yerdagi «tug‘ilgan kun», «jinsi», «qo‘l te­lefoni», «ish telefoni» va «foydalanuvchining familiyasi, ismi, sharifi», «manzili», «shaxsni tasdiqlovchi hujjat nus­xasi» maydonlari to‘ldiriladi (1.7-rasm). Foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar blokidagi barcha maydonlar to‘ldirilgach, «Foydala­nuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar» blokining o‘ng tomoni­dagi «ayirish» belgisiga sichqoncha bilan chertib, blok yig‘ish­tirib qo‘yiladi (1.1-rasm). «qo‘shish» tugmasiga sichqoncha bilan chertsak, foydalanuvchining ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgani to‘g‘risidagi ma’lumot paydo bo‘ladi (1.8-rasm). Shunday qilib, ARMAT++ dasturida masofadan turib, foydalanuvchiga tegishli ma’lumotlarni ARMning kataloglashtiruvchisiga yuborishni ko‘rib chiqdik.

DIQQAT: Foydalanuvchi ARMga masofadan a’zo bo‘lishi uchun o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuborgandan so‘ng ARMdan Foydalanuvchining elektron pochtasiga tasdiqlangan «Login» va «Parol» jo‘natiladi. Foydalanuvchi ARMdan tegishli «Login» va «Parol»ni olgandan so‘ng o‘zining avtomatlashtirilgan ish o‘rniga kirib o‘qiyotgan Fakultet, Kafedra, Guruh va kursi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritishi kerak. Faqat shu holdagina Foydalanuvchi tizimdan to‘liq foydalana oladi.

Kataloglashtiruvchining AIO‘da tizimdan foydalanuvchi tomonidan yuborilgan ma’lumotlarga ishlov berish

Tizimdan foydalanuvchining AIO‘da foydalanuvchi tomonidan yuborilgan ma’lumotlarga ishlov berish uchun uning tarkibidagi Kataloglashtiruvchining AIO‘ga kirish kerak. Buning uchun tizim bosh sahifasidagi (1.1-rasm) LOGIN va PAROL maydonlariga tegishli qiymatlar kiritiladi va «Kirish» tugmasiga sichqoncha bilan chertiladi (1.9-rasm). Natijada tizimning kataloglashtiruvchiga mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan ish o‘rniga kiramiz (1.10-rasm). Bu yerdagi «kitobxonlar» punktiga sichqoncha bilan chertamiz va tizimda ro‘yxatdan o‘tgan va tizimda ro‘yxatdan o‘tish uchun o‘z ma’lumotlarini ARMga yuborgan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘ramiz (1.10-rasm). Foydalanuvchilar ro‘yxatidan qayd raqami 1 va login «user3» bo‘lgan foydala­nuvchining holati «faol» ekanligi ko‘rinadi. O‘z ma’lumotlarini ARMga yuborgan Karimov loginiga ega bo‘lgan foydalanuvchi­ning holati «yopiq» holatda turibdi. Kataloglashtiruvchi «yopiq» holatdagi ma’lumotlarni «faol»ga o‘zgartirishi, ya’ni foydalanuvchi tomonidan ARMga yuborilgan ma’lumotlarni tekshirib ko‘rib, foydalanuvchini ARMda ro‘yxatga olishi va unga tegishli qayd raqamini foydalanuvchiga yuborishi uchun «O‘zgartirish» tugmasini sichqoncha bilan chertadi va 1.11-rasmdagi natijaga erishamiz. Foydalanuvchi tomonidan yuborilgan ma’lumotlar kutubxonachi tomonidan tekshiriladi va «Holat» maydoniga «faol» qiymati menyudan foydalanib, o‘rnatiladi va «Saqlash» tugmasi chertiladi (1.12-rasm). Shunday qilib, foydalanuvchilar tomonidan yuborilgan ma’lumotlarga Kutubxonachi tomonidan ishlov beri­lishini ko‘rib chiqdik.

Tizimda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchiga tegishli ma’lumotlarni (fakultet, kafedra, kurs, guruh) kiritish

Tizimda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchiga tegishli ma’lu­motlarni (fakultet, kafedra, kurs, guruh) tizim bazasiga kiritish Foydalanuvchining AIO‘ da amalga oshiriladi. Bu ishlarni bajarmaslik, tizimdan to‘liq foydalana olmaslikka olib keladi. Foydala­nuvchi ARMdan olgan «login» va «parol» bilan tizimning bosh sahifasidan (1.1-rasm) Foydalanuvchiga ajratilgan AIO‘ga kiradi (14.1-rasm). Foydalanuvchiga tegishli ma’lumotlarni (Fakultet, ka­fedra, kurs, guruh) tizim bazasiga kiritish uchun Foydalanuvchi­ning AIO‘ dagi «Muassasa ma’lumotlari» punktiga sichqoncha bilan chertamiz va 1.14.2-rasmdagi natijaga ega bo‘lamiz. Foydala­nuvchi o‘zining shaxsiy kabinetida, ya’ni AIO‘dagi Foydalanuvchi «Kategoriyasi», «Fakultet», «Kafedra» maydonlarini to‘ldiri­shi shart. Dastlab, Kategoriyasi maydonini to‘ldirishni ko‘raylik. Buning uchun «Kategoriyasi» maydonining o‘ng tomonidagi menyudan Foydalanuvchiga tegishli kategoriyani (talaba, o‘quvchi, o‘qituvchi va boshqalar) tanlaymiz (1.14.3-rasm). So‘ngra «Fakultet» va «Kafedra» maydonidagi menyudan foydalanib, foydalanuvchiga tegishli fakultet va kafedra nomini tanlaymiz (1.14.4-rasm). Yuqo­ridagi ishlar bajarilgach, Foydalanuvchining muassasasiga tegishli ma’lumotlar tizimning ma’lumotlar bazasiga kiritiladi (1.14.5-rasm).

Yuqoridagi ishlar to‘liq bajarilgach, Foydalanuvchi tizimda to‘liq ro‘yxatdan o‘tgan hisoblanadi. ARMAT++ dasturida foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni shundan iborat. Tizimdan foydalanuvchilarni masofadan ro‘yxatga olishning yo‘lga qo‘yilishi birinchidan, avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimlaridan foydalanuvchilarga qulaylik yaratsa, ikkinchi tomondan, axborot-kutubxona muassasalari xodimlarining vaqtini tejaydi, xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifati ortadi.

Axborot-resurs markazlarining avtomatlashtirilgan tizimi ARMAT++ bosh sahifasi

1.1-rasm. ARMAT++tizimida fondalanuvchilarni ro‘yxatga olish sahifasi

1.2-rasm. Autentifikatsiya bloki maydonlari

1.3-Rasm. Autentifikatsiya maydonlarini to‘ldirish

1.4-rasm. Tashkilotga tegishli maydonlarni to‘ldirish

1.5-rasm. Tashkilotga tegishli ma’lumotlar maydonini to‘ldirish

1.6-rasm. Tashkilotga tegishli ma’lumotlar blokiga tegishli maydonlarni to‘ldirish

1.7-rasm. Foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar blokini to‘ldirish

1.8-rasm. Foydalanuvchining ro‘xatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumot

1.9-rasm. Kataloglashtiruvchining AIO‘ga kirish

1.10-rasm. Foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish

1.11-rasm. Foydalanuvchi tomonidan yuborilgan ma’lumotlarni o‘zgartirish

1.12-rasm Foydalanuvchi tomonidan yuborilgan ma’lumotlarni tahrirlash

1.14-rasm. Tizimda ro‘yxatga olinga foydalanuvchilar

1.14.1-rasm. Foydalanuvchining AIO‘

1.14.2-rasm. Foydalanuvchiga tegishli ma’lumotlarni tanlash

1.14.3-rasm. Foydalanuvchiga tegishli kategoriyani tanlash

1.14.4-Foydalanuvchiga tegishli fakultet va kafedra nomini tanlash

1.14.5-rasm. Foydalanuvchiga tegishli muassasa ma’lumotlari

Mualliflar: Ulug‘bek Karimov, t.f.n., TATU dotsenti, O‘ktam Karimov, TATU assisenti, magistr

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq