TATU talabalarining 10 nafari Sankt-Peterburg Davlat telekommunikatsiyalar universitetiga o‘zaro hamkorlik doirasida tajriba almashish uchun yuborilmoqda
15.02.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2016 yil 19-23 sentyabr kunlari «AKT xaftaligi»ga tashrif buyurgan M.A.Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg Davlat telekommunikatsiyalar universiteti (SPbGUT) delegatsiya a’zolari bilan bo‘lgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va sifatli mutaxassis kadrlarni tayyorlashda qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha kelishib olingan edi.

Shu kelishuvga asosan, SPbGUT rektori S.V.Bachevskiy Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalarini «Zimnyaya shkola — 2017» dasturida ishtirok etishi yuzasidan taklif berdi. Ushbu kursda qatnashish uchun Sankt-Peterburg shahriga TATUning 10 nafar talabalari va ularga rahbar etib “Televizion texnologiyalari” fakulteti dekani F.Nuraliyev 2017 yil 10- 24 fevral kunlari 2 hafta muddatga xizmat safariga yuborilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq