Rasulov Murod Mahmudjonovich “Elektron hukumat” markazining rahbar o‘rinbosari etib tayinlandi
15.02.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

AKT joriy etish holatini tahlil qilish va baholash departamentining boshlig‘i  Rasulov Murod Mahmudjonovich “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining rahbar o‘rinbosari etib tayinlandi. Rahbar o‘rinbosarini tayinlash jarayonida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Jo‘rayev Ibrohim Jo‘rayevich, “Elektron hukumat” markazining direktori Habibullayev Sherzod Habibullaxo‘jayevich hamda markaz xodimlari ishtirok etishdi.

Rasulov Murod Mahmudjonovich 2014-2015 yillarda “Elektron hukumat” markazi Hududlarda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘I lavozimida faoliyat olib borgan. 2015 yildan ushbu markazning AKTni joriy etish holatini tahlil qilish va baholash departamentini boshqarib kelgan.

“Elektron hukumat” markazi jamoasi Murod Maxmudjonovichga kelgusi mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Manba: press-reliz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq