OAV uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
15.02.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 10 fevral kuni Respublika birja markazida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.03.2012 yildagi PQ-1727-son Qarori va 24.04.2015 yildagi PF-4720-son Farmoniga muvofiq fond bozoriga xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy Yagona dasturiy-texnik kompleks (keyingi o‘rinlarda – YADTK) ishga tushirilganligi, mazkur kompleksning imkoniyatlari va afzalliklari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, anjumanda har yili o‘tkaziladigan “O‘zbekiston kapital bozorida yeng yaxshi” yillik tanlovining 2016 yil g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etilgan ushbu anjumanda ommaviy axborot vositalari vakillari, qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilma tashkilotlari xamda aksiyadorlik jamiyatlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida anjuman ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida 2016 yil 29 avgustda YADTK dastlabki tarzda ishga tushirilganligi, hozirda undan fond bozorining barcha ishtirokchilari, xususan Markaziy depozitariy, “Toshkent” RFB, “Elsis-savdo” AJ, investitsiya vositachilari, aksiyador va investorlar tomonidan keng foydalanilaetganligi haqida ma’lumot berildi.

YADTKning ishga tushurilishi yuqorida ko‘rsatilgan korxonalar tomonidan o‘zlari ishlab chiqqan savdo, hisob-kitob–kliring va depozitar tizimlaridan foydalanish zaruriyati yo‘qolishiga, qog‘ozbozlik

va sansalorlik kamayishiga, vaqt va mablag‘ tejalinishiga olib keldi.

Shuningdek, anjuman ishtirokchilari yangi kompleksda turli operatsiyalarni amalga oshirish texnologiyasi bilan shaxsan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Xususan, YADTK imkoniyatlaridan foydalangan holda qimmatli qog‘ozlarni oldi-sotdi bitimlari onlayn tarzda www.fondbozori.uz veb-ilova orqali amalga oshirildi.

YADTKning ishga tushurilishi munosabati bilan uyushgan savdolarga qimmatli qog‘ozlar chiqarish texnologiyasi o‘zgarganligi, endilikda kimmatli qog‘ozlarni sotish buyurtmasi investitsiya vositachilari tomonidan bevosita brokerlik tizimida, qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysiga o‘tkazish va harakatini to‘xtatishsiz amalga oshirilishi ta‘kidlab o‘tildi. Savdo yakuni bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni yetkazib berish tartibi ham o‘zgarganligi aytib o‘tildi.

So‘ngra, “O‘zbekiston kapital bozorida yeng yaxshi” yillik tanlovining 2016 yil g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlov g‘oliblarni aniqlash, munosib nomzodlarni tanlash va g‘olib deb e‘tirof etish tartibi adolatliligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida Qimmatli qog‘ozlar markazi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Savdo sanoat palatasi, Davlat aktivlarini boshqarish markazi, Markaziy depozitariy, “Toshkent” RFB va “Elsis-savdo” AJ vakillaridan iborat maxsus komissiya tuzilganligi aytib o‘tildi.

Qayd etilgan Komissiyaning qaroriga ko‘ra quyidagilar “O‘zbekiston kapital bozorida yeng yaxshi” yillik tanlovining 2016 yil g‘oliblari deb e’lon qilindilar:

— “Eng yaxshi korporativ boshqaruv” nominatsiyasida – “Dori darmon” aksiyadorlik kompaniyasi;

— “Eng yaxshi investitsiya vositachisi” nominatsiyasida – “Portfolio Investments” MCHJ;

— “Eng yaxshi investitsiya maslahatchisi” nominatsiyasida – “Kapital depozit” MCHJ.

Anjuman yakunida mavzu bo‘yicha fikrlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. OAV vakillari va qolgan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tuliq javob olish imkoniga ega bo‘lishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq