Koreyalik maslahatchi Kim Nam Sokning “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markaziga tashrifi
15.02.2017
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari, AKT bo‘yicha maslahatchi  Kim Nam Sok O‘zbekistondagi o‘z faoliyatini yakunlashi oldidan “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markaziga tashrif buyurdi.

Samimiy uchrashuv jarayonini “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining rahbari Sh.Habibullayev ochib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari, AKT bo‘yicha maslahatchi  Kim Nam Sok mamlakatimizda faoliyat olib brogan to‘rt yil mobaynida AKTni rivojlangan davlatlarning axborot-kommunikatsiya sohasini tahlil qilish va mazkur tahlil natijasida Vazirlik rahbariyatiga respublikada sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritganligini; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari hamda axborotlashtirish sohasidagi xo‘jalik subyektlari faoliyatini, axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlar bozori rivojlanishini tahlil qilish va mazkur tahlil natijasida Vazirlik rahbariyatiga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida investitsion takliflarni taqdim etganligini;

Xalqaro zamonaviy tendensiyalar asosida sohada kompyuterlashtirishni rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyalari bo‘yicha tavsiyalar berganligini; investitsiyalarni jalb qilish va sohani rivojlantirish maqsadida xalqaro va milliy ekspertlar so‘rovnomalari asosida Respublikada AKT sohasidagi korxonalar va AKTning dunyoda rivojlanish tendensiyalarining tadqiqotini amalga oshirganligini alohida ta‘kidlab o‘tdi. Kim Nam Sokning taklifi bilan “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligi markazlari faoliyat olib bormoqda.

Kim Nam Sok  ham markaz xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan do‘stona samimiy uchrashuvda O‘zbekistonda faoliyat olib boorish jarayonida Janubiy Koreya tajribasining ilg‘or g‘oyalarini yurtimizdagi shart-sharoitlarni o‘rgangan holda tatbiq etishdagi ishtiroki jarayonidagi faoliyati xususida to‘xtalib, “O‘zbekiston elektron hukumati”ning reyting ko‘rsatkichi avvalgi reyting ko‘rsatkichiga nisbatan ko‘tarilishida mamlakat rahbariyatining ushbu sohaga jiddiy e’tibori mahsuli ekanligini, ushbu sohadagi eng muhim jihat harakatdan to‘xtamaslik va o‘ziga nisbatan yuksak ishonch yetakchi omil ekanligini aytdi.

Tadbir jarayonida shuningdek, G.Abdullayeva, I.Nasrullayev, Z.Abdug‘afurova, R.Dautovalar so‘zga chiqib, Kim Nam Sokning “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish jarayoniga qo‘shgan hissasiga alohida to‘xtalishdi. Marosim so‘nggida Janubiy Koreya vakiliga Markazning ramziy esdalik sovg‘asi topshirildi.

Manba: press-reliz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq