Vazirlikka Koreya Teleradiouzatish va aloqa qo‘mitasi delegatsiyasi tashrif buyurdi
14.02.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2017 yilning 14 fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining Teleradiouzatish va aloqa qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kim Je Hong boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda mehmonlar mamlakatimizda telekommunikatsiya va radiouzatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan yer usti raqamli televideniyesini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar xususida ma’lumotga ega bo‘ldilar. Har ikki tomon mazkur yo‘nalishda yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘lgan istiqbolli rejalar xususida fikrlarini bayon qildilar.

Koreya Respublikasining Teleradiouzatish va aloqa qo‘mitasi davlat tashkiloti bo‘lib, Janubiy Koreyada teleradiouzatish hamda telekommunikatsiya sohasi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, shuningdek teleradiouzatishning mustaqilligini nazorat qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq