“UMS” MChJ rahbariyati yangilandi
14.02.2017
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

“UMS” MChJga yangi Bosh direktor hamda texnik direktor tayinlandi.

“UMS” MChJning Bosh direktori Srajitdin Sayfutdinovich Faxrutdinov bo‘ldi.

Srajitdin Faxrutdinov – Toshkent elektrotexnika aloqa instituti bitiruvchisi (1978-1983 yy.), ixtisosligi bo‘yicha aloqa muhandisi. “UMS” MChJ Bosh direktori lavozimiga tayinlanishidan oldin «O‘zbektelekom» AK tarkibiga kiruvchi, telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqaruvchi, aloqa va telekommunikatsiya tizimlarida foydalanishga mo‘ljallangan elektron-texnik mahsulotlarini mamlakatimizda tadqiq qilish, loyihalashtirish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona – “TELMAX ELECTRONIKS” MChJga rahbarlik qilgan. Avvalroq «Koinot» OAJni ham boshqargan. Uylangan, uch nafar qizi va to‘rt nafar nabirasi bor.

“Ikki yildan ko‘proq faoliyati davomida UMS rivojlanishning zarur pog‘onasiga yetdi va qat’iy raqobat sharoitida aholiga kerakli mahsulot va xizmatlarni taqdim etib kelmoqda. Kompaniya o‘z rivojlanish strategiyasini amalga oshirishni davom etadi va O‘zbekiston hududlariga kirib borishni kengaytirish, aloqa va Internet sifatini yanada oshirish, mijozlarbop takliflarni ishlab chiqish va joriy qilishga alohida e’tibor qaratadi. Ishonchim komilki, o‘z ishining professionallaridan tashkil topgan jamoa bilan nafaqat belgilangan marralarni egallaymiz, balki bardavom rivojlanish uchun asos yaratamiz”, — deya izoh berdi Srajitdin Faxrutdinov.

“UMS” MChJning texnik direktori etib Sobir Xamidillayevich Aripov tayinlandi.

Sobir Aripov Toshkent elektrotexnika aloqa institutini “Telekommunikatsiyalar” ixtisosligi bo‘yicha bitirgan (1996-2002 yy.). “UMS” MChJga kelishidan avval «Huawei Tech Investment Tashkent» MChJ direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Har xil yillar davomida kompaniyaning biznes-rejalashtirish bo‘yicha bo‘lim, marketing yo‘nalishiga rahbarlik qilgan. Undan avval “Huawei Technologies” (XXR) kompaniyasining vakolatatxonalarini ochish hamda Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida biznesni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishlagan. Uylangan, ikki o‘g‘il va qizi bor.

“O‘tgan yillar davomida UMS baza stansiyalari sonini keskin ko‘paytirdi, respublika bo‘yicha xizmat ko‘rsatish doiralarini kengaytirdi va bu orqali mobil aloqaning yuqori sifatini ta’minladi. Hozirgi kunlarda kompaniya texnik jihatdan juda katta marralarga erishishni ko‘zlamoqda. Tarmoq radioqamrovi hududini yanada kengaytirish va xizmatlarimizdan iloji boricha ko‘proq aholi foydalana olishga sharoit yaratish bo‘yicha keng qo‘lamdagi dastur amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga tarmoqni rivojlantirish uchun eng zamonaviy texnologiyalarni tatbiq qilish, tarmoqqa tushayotgan og‘irlik ortayotgan sharoitda ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish sifatini yaxshilash ishlari davom etmoqda”, — deya ta’kidladi Sobir Aripov.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq