Yagona portalda murojaatlar soni milliondan oshdi
11.02.2017
Rukn: Internet, Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 8 fevral kuni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kelib tushayotgan murojaatlar soni 1 milliondan oshdi.

Statistika raqamlariga ko‘ra, 98 foiz (982,7 ming) murojaatlar davlat va xo‘jalik organlari tomonidan o‘z yechimini topgan va qolgan 2 foiz murojaatlar bugungi kunda ko‘rib chiqish jarayonida. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Yagona portalga kelib tushayotgan murojaatlar sonining keskin ortib ketish holati 2016 yilning oktyabr oyida kuzatilgan hamda bu davrda yuridik va jismoniy shaxslar uchun yaratilgan interaktiv davlat xizmatlarining soni ortib borganini asos qilib keltirish mumkin.

2013 yil 1 iyul kunidan ishga tushgan Yagona portalga bugungi kunga qadar 432,5 ming murojaatlar jismoniy shaxslardan, shu bilan birga 567,6 ming murojaatlar esa yuridik shaxslardan (tadbirkorlik sub’ektlari) kelib tushgan. Bundan tashqari, 68 ming murojaatlar Yagona portalning 200-18-18 va 1060 qisqa raqami bilan faoliyat yurituvchi Axborot markazi (Call center) tomonidan qayta ishlab chiqilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq