Toshkent avtobuslarida UZMOBILEdan BEPUL INTERNET
11.02.2017
Rukn: Internet.
Muallif: .

UZMOBILE filiali aholini bepul internet bilan ta’minlash maqsasdida «TOSHSHAHARTRANSXIZMAT» AJ bilan hamkorlikda «Wi-Fi BUS» loyihasini ishlab chiqdi. Loyiha dorasida, kelayotgan hafta davomida Toshkent shahrining № 10, 14, 24, 28, 51, 95 avtobus yo‘nalishlarining yo‘lovchilari o‘z devayslari orqali Wi-Fi ga ulangan holda, UZMOBILE tarmog‘ining bepul Internetidan foydalana olishlari mumkin.

«Wi-Fi BUS» maxsus belgilangan avtobuslarning barcha yo‘lovchilari internet tarmog‘iga bepul ulanishlariga UZMOBILE tomonidan imkoniyat yaratildi.

Wi-Fi tarmog‘iga  ulanish usuli

«UZMOBILE Wi-Fi» tarmog‘iga ulanish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

1-qadam: (+998 95) 1469434 yoki 9434 (UZMOBILE abonentlari uchun) raqamiga istalgan belgi bilan SMS yuboring va foydalanish kodini oling;

2-qadam: « UZMOBILE WIFI» deb nomlangan tarmoqni toping;

3-qadam: Qabul qilingan login va  parolni mahsus  Captive portal maydonlariga kiriting ( abonent qurilmasi brauzeridan avtomatik tarzda yo‘naltiriladi);

4-qadam: UZMOBILE bepul internetdan rohatlaning!

Eslatma:

Abonent  Internetdan 45 daqiqa davomida 300MB limitigacha foydalanishi mumkin. Limit tugagach, xizmat bloklanadi. Agarda abonent shu avtobusda qayta Internetga kirishni istasa, xizmat sessiya tugagandan so‘ng 60 daqiqagacha noyob kodni bermaydi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq