Poytaxtimizning Yunusobod tumanida vazirlikning sayyor qabuli tashkil etildi
09.02.2017
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan joriy yilning 7 fevral kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida aholi vakillari uchun sayyor qabul tashkil etildi. Unda 150 dan ziyod fuqarolar ishtirok etdilar.

Vazirlik rahbariyati ishtirokida o‘tgan uchrashuvda soha muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari, xususan telefon va pochta aloqasi, mobil aloqa, internet xizmatlari sifati muhokama qilindi.

Jumladan, fuqarolar mazkur yo‘nalishlarda o‘zlarini qiynayotgan aniq muammo va masalalarni ko‘tarib chiqib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha takliflarini aytdilar.

Sayyor qabulda ishtirok etgan aholi vakillari bu kabi xalq qabullarini muntazam o‘tkazish ikki tomonlama aloqa mustahkamligi, soha rivojiga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Mazkur sayyor qabulda ko‘tarilgan barcha muammo va masalalar yuzasidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan soha tizimidagi mas’ul shaxslarga ularni hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi, masalalarning o‘rganib chiqilib, zarur chora-tadbirlarning ko‘rilishi belgilandi.

Vazirlik rahbariyatining bu turdagi bevosita muloqotlari Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 yanvarda tasdiqlangan jadvalga muvofiq muntazam tashkil etilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq