Aloqa bog‘lamalarida fuqarolarning sayyor qabuli
09.02.2017
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” doirasida «O‘zbektelekom» AK filiallari va aloqa bog‘lamalari rahbarlari tomonidan hamkorlikda fuqarolarning sayyor qabuli o‘tkazilmoqda.

Shular qatorida, masalan, faqat «O‘zbektelekom» AK «TSHTT» filialida 2017-yil yanvar oyida fuqarolarning bir necha qabuli o‘tkazildi.

Toshkent shahri Markaziy telefon bog‘lamasi (EATS-221/224) rahbariyatining “Katta Hasanboy” mahallasi aholisi bilan fuqarolar sayyor qabuli.

Toshkent shahri Chilonzor telefon bog‘lamasi (EATS-274/275) rahbariyatining “Xirmontepa” mahallasi aholisi bilan fuqarolarning sayyor qabuli.

Toshkent shahri Chilonzor telefon bog‘lamasi (EATS-274/275) rahbariyatining “Ko‘hna Cho‘ponota” mahallasi aholisi bilan fuqarolarning sayyor qabuli.

Toshkent shahri Chilonzor telefon bog‘lamasi (EATS-273/278) rahbariyatining “2-Charx Kamolon” mahallasi aholisi bilan fuqarolar sayyor qabuli.

Fuqarolarning sayyor qabulida Kompaniya mutaxassislari abonentlarga qulaylik yaratish uchun joriy etilayotgan yangi xizmat turlari haqida so‘zlab bermoqdalar. Jumladan, optik-tolali ulash vositasida Internetga sifatli kengpolosali ulanish xizmatini ko‘rsatishga imkon beruvchi GPON texnologiyasi haqida batafsil to‘xtalmoqdalar.

Fuqarolarning sayyor qabulida mahallalar aholisi ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yaxshilash uchun hal qilish zarur bo‘lgan o‘z muammolari va ma’lum masalalar haqida so‘zlamoqdalar. Shuningdek, aholi aloqachilar ishini yaxshilash bo‘yicha o‘z fikrlari, taklif va tavsiyalarini bayon etmoqdalar.

Fuqarolarning sayyor qabuli natijalari, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar, murojaat va takliflari bo‘yicha joylardagi telefon bog‘lamalari rahbariyati tomonidan zarur choralar ko‘rilib, aniq yechimlar qabul qilinmoqda.

Filiallar va aloqa bog‘lamalari rahbarlari tomonidan fuqarolarning sayyor qabuli O‘zbekistonning barcha mintaqalari bo‘ylab muntazam ravishda o‘tkaziladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq