E’lon!
08.02.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishni strategik rejalashtirish va axborot texnologiyalarining konvergensiyasi bo‘limiga hamda tizimidagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining Strategik rejalashtirish va prognozlash departamentiga mutaxassislarni ishga taklif etadi.
Nomzodga belgilangan asosiy talablar:
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, iqtisodiyot, menejment, moliya yoki boshqaruv sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
- bo‘lim boshlig‘i lavozimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, menejment, iqtisod sohalarida kamida 5 yil, bosh mutaxassis lavozimiga kamida 3 yil, yetakchi mutaxassis lavozimiga kamida 2 yil mehnat stajiga ega bo‘lishi;
- bo‘lim boshliqlari lavozimlariga ma’muriy va korporativ boshqaruvida bilim, tushuncha va amaliy tajribaga ega bo‘lishi;
- mutaxassis lavozimlariga innovatsion takliflarni kiritish hamda kreativ fikrlaydigan sifatlarga ega bo‘lishi;
- nomzodlarning chet tillarini bilishi qo‘llab-quvvatlanadi.
Nomzodlar ma’lumotnomalarini O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Kadrlar bo‘limiga 2017 yil 25 fevralga qadar quyidagi manzilga taqdim etishi lozim:
Toshkent shahar, A.Temur shoh ko‘chasi, 4-uy yoki elektron pochta orqali: HR@mitc.uz.
Ma’lumot uchun telefonlar: 238-41-43, 238-43-12, 238-41-16.