Poytaxtimizda Butunjahon radio kuni nishonlanadi
07.02.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yil 7 fevralda «Bunyodkor» yoshlar telekompleksida 13 fevral — Butunjahon radio kuni munosabati bilan «Radio – bu sen!» tok-shousi suratga olinadi. Tashkilotchilar: O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi.

YUNESKO vakillari, davlat hamda nodavlat radiostansiyalarining mashhur radioboshlovchilari, radiostansiyalar rahbarlari, bosh muharrirlari, O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti, O‘DJTU, TATU (“Radio va televideniye kafedrasi”) talabalari ishtirok etadigan tadbirni o‘tkazishdan maqsad radioning kundalik hayotimizda muhim o‘rin egallaganligini e’tirof etishdir. Tok-shou doirasida O‘zbekistonda radio rivojlanishi haqida so‘zlovchi film namoyishi o‘tkazilishi barobarida radio efir sifatini yaxshilash bo‘yicha fikrlar almashinib, barcha ishtirokchilarga “erkin mikrofon”dan foydalanish imkoni beriladi.

radioday_07_02_2017

Qayd etish kerakki, bugungi kunda 15 ta nodavlat radiostansiyalarni o‘z atrofiga birlashtirgan O‘zEOAVMA Radio axborot markazi 2012 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Axborot markazi ijodiy xodimlari tomonidan kundalik rus va o‘zbek tillaridagi “O‘zbekiston onlayn” ertalabki daydjest hamda kechki “Kun yakunlari” ko‘rinishidagi to‘rtta axborot radio dasturi tayyorlanadi. Ahamiyatlisi, mazkur radio dasturlar barcha nodavlat radiostansiyalar – loyiha ishtirokchilari efirlari orqali bir vaqtning o‘zida berib boriladi. Ushbu loyiha nodavlat radiostansiyalari – O‘zEOAVMA a’zolari efirlarini so‘nggi yangiliklar, joylardan olingan reportajlar, ijtimoiy so‘rovlar va boshqa sifatli medi mahsulot bilan boyitishga xizmat qilmoqda.

Ma’lumot uchun. Butunjahon radio kuni ilk bor 2012 yilda nishonlangan bo‘lib, bu haqda 2011 yilda YUNESKO qaror qabul qilgan. Aynan shu sana ham bejiz tanlanmagan. 1946 yil 13 fevral kuni Birlashgan Millatlar tashkiloti bosh ofisida joylashgan radiostansiya orqali “BMT radiosi” ilk bor efirga chiqdi. Tadbir tashkilotchilarining qayd etishicha, mazkur sa’y-harakatlar radioga aloqasi bo‘lgan barcha tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga qaratilgan. YUNESKO barchani Butunjahon radio kunida faol ishtirok etishga chorlamoqda. Shu kunlarda YUNESKOGO a’zo mamlakatlarda bayram munosabati bilan turli radiostansiyalar ishtirokida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shu kuni radio ixlosmandlari bir-birlariga bayram qutlovlarini yuborishlari yaxshi an’anaga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, 18 aprelda Butunjahon radio ixlosmanlari kuni ham keng nishonlanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq