Ledokol Group kompaniyasi bilan uchrashuv
07.02.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

ledokol_07_02_2017

Bugun 7 fevral kuni “Elektron hukumat” markazida Ledokol Group kompaniyasi rahbari Dilshod Muzaffarov bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Kompaniya tomonidan davlat tizimidagi tashkilotlar uchun ishlab chiqilgan yangi loyiha va takliflar taqdimot ko‘rinishida namoyish etildi. Shuningdek, Kompaniya tomonidan foydalanuvchilarga yaratilayotgan qulay mobil ilovalar, ijtimoiy tarmoqlarni takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlari haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Kompaniya tomonidan tashkilotlar faoliyati to‘g‘risidagi jamoat fikrini monitoring qilish, jamoatning voqea va hodisalar, ommaviy chiqishlarga munosabatini monitoring va tahlil qilish va Internet tarmog‘ida kommunikatsiya kanallari, yoki alohida maqolalar, bo‘lib o‘tadigan voqealar va boshqa zarur axborotlarni targ‘ib qilish kabi xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha takliflar berildi.

Mazkur yig‘ilish davomida “Elektron hukumat” markazi va Ledokol Group kompaniyasining kelgusida o‘zaro hamkorlik qilishi yuzasidan masalalar muhokama etildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq