«Lebazar» dasturiy mahsuloti
06.02.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Dasturchi Ulmasboyev Zoxid Davronovich tomonidan «Lebazar» dasturiy mahsuloti yaratildi. Mazkur dasturiy mahsulot Toshkent shahridagi supermarketlar uchun integrator bo‘lib, internet tarmoqidagi web sahifalar, shuningdek Android va IOS bazalarida mobil ilovalar orqali xaridorlarga xalq iste’moli mollarini sotib olish imkonini beradi.

Iste’molchilar РауМе to‘lov tizimi, «Lebazar» integrallashgan tizim, shuningdek boshqa mavjud to‘lov usullari yordamida xarid qilingan tovarlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Bundan tashqari, «Lebazar» — bu internet do‘kon, qaysiki barcha yirik supermarketlarni yagona tizimga birlashtiradi va natijada iste’molchiga o‘zining yoqtirgan supermarketidan online rejimida mahsulotlarni xarid qilish imkonini beradi. Dasturiy mahsulotning asosiy xususiyatlaridan yana biri online rejimdagi buyurtmani bajarish samaradorligini oshirish uchun amaldagi narxlarning avtomatik yangilanishini ta’minlash hisoblanadi. Ushbu texnologiya markasi va modelidan qat’iy nazar barcha mobil telefonlarda qo‘llanilishi mumkin.

Muallifga ushbu dastur uchun № DGU 04097 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq