FUTBOL TV – muxlislar kutgan telekanal!
27.01.2017
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

foot_27_01_2017

Yurtimizdagi millionlab futbol muxlislarining talab va istaklarini inobatga olib hamda ularning futbolga bo‘lgan katta qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, UZREPORT TVtelekanali futbolga ixtisoslashgan yangi FUTBOL TV telekanalini tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo Muvofiqlashtiruvchi Kengashning yig‘ilishida  FUTBOL TV telekanaliga litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Xabaringiz bor, UZREPORT TVtelekanali Yevropa Chempionlar ligasi, Yevropa Ligasi, Angliya Premer-ligasi va Ispaniya chempionati o‘yinlarini O‘zbekistonda translyatsiya qilishning eksklyuziv huquqini xarid qilgan va hozirda ushbu musobaqalardan o‘rin olgan o‘yinlarni jonli efirda namoyish qilib kelmoqda.

FUTBOL TV ishga tushganidan so‘ng UZREPORT TVtelekanalida futbol o‘yinlari translyatsiyasi to‘xtab qolmaydi. Turli chempionatlarda bir vaqtda boshlanadigan qiziqarli uchrashuvlarning biri FUTBOL TV telekanalida namoyish etilsa, ikkinchi o‘yin UzReport TVtelekanalida parallel ravishda jonli efirda namoyish etiladi.

Shuningdek, FUTBOL TV telekanalida futbol uchrashuvlari jonli, yozib olingan holda va takroran namoyish qilinadi. Bundan tashqari, futbolga oid bo‘lgan turli qiziqarli ko‘rsatuvlarni efirga uzatib borish ko‘zda tutilgan.

Hozirda FUTBOL TV telekanalining litsenziyasini rasmiylashtirish va texnik tashkiliy ishlar doirasidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

UZREPORT TVtelekanalining jamoasi tomonidan ushbu chora-tadbirlar o‘z yakuniga yetishi bilan FUTBOL TV telekanali ishga tushiriladi va Siz aziz futbol ishqibozlariga millionlar o‘yinidan yanada ko‘proq bahra olish imkoniyatini taqdim etiladi!

FUTBOL TV telekanali butun O‘zbekiston bo‘ylab namoyish etiladi.

FUTBOL TV telekanali o‘z faoliyatini shu yilning mart oyida boshlashi rejalashtirilmoqda. Ushbu telekanal ishga tushirilishining aniq sanasi alohida e’lon qilinadi.

UZREPORT TV– syurprizlar davom etadi! Bu hali hammasi emas…

Manba: press-reliz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq