Markaziy bank plastik kartadagi mablag‘larni naqdlashtirish masalasini hal qiladi
26.01.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

uz_26_01_2017

Markaziy bank bugungi kunda ko‘pchilik fuqarolar uchun muammoli bo‘lgan plastik kartalardan naqd pul echish masalasini tartibga solish bo‘yicha qator choralarni ko‘radi. Bu haqda Markaziy banki departament direktori o‘rinbosari Jahongir Abdurasulov Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan harakatlar strategiyasi muhokamasiga bag‘ishlangan media-haftalikda ma’lum qildi.

Hozirda ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan bu yil O‘zbekistonga 2000 ta infokioska va 1000 ta bankomat etkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Qurilmalar bank bo‘linmalariga, shuningdek, 50 dan ortiq xodimlari bo‘lgan kompaniya va korxonalarga o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

«Bundan tashqari, biz naqd pulsiz hisob-kitob tizimini rivojlantirishni davom ettiramiz. Tez orada respublikadagi mutlaqo barcha savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari terminallar bilan jihozlanadi. Shunda naqd pul olish borasida shov-shuvlar yuzaga kelmaydi», — dedi Markaziy bank xodimi.

Shuningdek, Jahongir Abdurasulov Markaziy bankning shaharlar va qishloq joylardagi mini-banklar sonini oshirish rejalari haqida gapirib berdi. Belgilangan me’yorlarga ko‘ra 5 kilometrlik radiusda bitta bank, uning bo‘linmasi yoki mini-bank joylashgan bo‘lsa, endi radiusni 1 kilometrgacha kamaytirish rejalashtirilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq