Suvga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma
25.01.2017
Rukn: Internet, Yangiliklar.
Muallif: .

Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi yuridik va jismoniy shaxslar uchun «Suvga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma» interaktiv davlat xizmati ishga tushdi.

gov_25_01_2017

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 4 avgustdagi «Suvga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 214-son qaroriga ko‘ra, foydalanuvchi kerakli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza shaklini to‘ldirishi lozim. Xizmat bepul ko‘rsatiladi.

Suvga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma foydalanuvchidan hujjatlarni qabul qilgan kundan boshlab 15 ish kuni mobaniyda taqdim etiladi.

Xizmatning natijasi bo‘lib arizachiga suvga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma berish yoki asoslangan rad javobi yuborish hisoblanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq