Mamlakatning 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakat strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag’ishlangan media-haftalik
23.01.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

naesmi_23_01_2017

2017-yilning 23-27-yanvar kunlari poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining “Billur» zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi” loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag‘ishlangan media-haftalik bo‘lib o‘tadi.

2017-yilning 23-27-yanvar kunlari poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining “Billur» zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi” loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag‘ishlangan media-haftalik bo‘lib o‘tadi.

Qayd etish kerakki, davlatimiz rahbari tomonidan dolzarb va respublika aholisini o‘ylantirayotgan masalalarni kompleks ravishda tahlil qilish, keng jamoatchilik qatlami, ekspertlarning sharhi, fikr-mulohaza va takliflarini o‘rganish maqsadida hujjat loyihasini umumxalq muhokamasiga kiritish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Media-haftalik ishtirokchilari va mehmonlari, ya’ni ekspert va jurnalistlar jamoatchiligi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari vakillari, taniqli shaxslar va O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillarining samarali faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlar va ularga ma’qul infrastrukturani yaratish maqsadida zamonaviy IT-texnologiyalar bilan jihozlangan media-maydoncha tashkil qilinadi.  Xususan, yuqori tezlikdagi internet, wi-fi aloqasi ta’minlangan 40 ta zamonaviy kompyuter, press-kitlar o‘rnatilgan, mamlakatning nodavlat hududiy telestudiyalari, shuningdek, O‘zEOAVMA Yoshlar multimedia telekompleksi bilan onlayn bog‘lanishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Media-haftalik dasturidan mazmunan ikki qismga bo‘linadigan – Harakat strategiyasining beshta yo‘nalishi taqdimotlari, ular yuzasidan ochiq muhokama va munozara tarzida bo‘lib o‘tadigan brifing, matbuot anjumanlari, tok-shoular o‘rin olgan. Tayyorlangan barcha media materiallar mamlakatning nodavlat teleradiostansiyalari efirlari orqali tezkorlik bilan uzatib boriladi, shuningdek, internet OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiriladi.

Joriy yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi muhim ahamiyatga ega. Prezidentimiz doimiy ravishda xalq bilan muloqotni ta’minlashga qaratilgan Strategiyani qabul qilishdan oldin uni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish, butun O‘zbekiston xalqining qiziqishlarini to‘la inobatga olinishini ta’minlash maqsadida aholi o‘rtasida keng muhokamani tashkil etish zarurligini alohida qayd etdi.

Media-haftalik davomida tadbirlar ishtirokchilari Harakat strategiyasi loyihasi ahamiyati va mazmuni yuzasidan fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishadi, uni muhokama qilishadi va bu borada aholiga tushuntirishlar berishadi hamda jamiyatni tashvishlantirayotgan savollarga javoblar qaytarishadi.

Media-haftalik faoliyati davomida har kuni Harakat strategiyasi loyihasining quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkaziladi:

I.    Dushanba, 23-yanvar – «Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari».

II.   Seshanba, 24-yanvar – «Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari».

III.  Chorshanba, 25-yanvar – «Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari».

IV.   Payshanba, 26-yanvar – «Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari».

V.   Juma, 27-yanvar – «Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar».

Tadbir tashkilotchi va hamkorlari: O‘zEOAVMA, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, “Uzbekistan Today” AA, “Uzreport” AA, “Mening Yurtim” telekanali, “Zo‘r-TV” telekanali, “sevimli-tv.uz” internet-telekanali, “Darakchi inform servis” MCHJ, “Master Media&Broadcast” MCHJ.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq