2016 yilning yanvar-dekabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarini rivojlanishi
20.01.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsiyalar texnologiyasini jadal tadbiq etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish va axborot kommunikatsiyalar texnologiyalarini modernizatsiya qilish texnik, texnologik yangilashlarni ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining barqaror o‘sishda davom etishini ta’minladi.

Natijada, 2016 yilning yanvar-dekabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 6121,2 mlrd.so‘mni tashkil qildi yoki 2015 yilning yanvar-dekabriga nisbatan 11,7 foizga oshdi. Jami xizmatlar hajmida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi 6,7 foizni tashkil etdi.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari tarkibida telekommunikatsiya xizmatlari (jami aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmining 87,7 foizi) va nashriyotchilik xizmatlari (5,1 foizi) yuqori salmoqni egalladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq