TATUda “Vatan himoyasiga barchamiz mas’ulmiz” mavzusida tantanali tadbir o‘tkazildi
16.01.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

tuit_16_01_2017

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 14 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 25 yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatan himoyasi — muqaddas burch” nomli tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda universitetning maxsus fakulteti hamda harbiy kafedrasining ofitserlari,harbiy xizmatchilari va kursantlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida 2nafar harbiy xizmatchiga O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Faxriy yorlig‘i, 60 nafar harbiy va ishchi xizmatchilarga “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlariga 25 yil” ko‘krak nishoni, 14 nafar harbiy xizmatchi va kursantlarga universitet rektorining faxriy yorligi, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir TATUning 5 ta: Qarshi, Samarkand, Urgench, Farg‘ona va Nukus kabi hududiy filiallari bilan hamkorlikda onlayn tarzda o‘tkazildi. Filiallarda tashkil etilgan studiyalarga bugungi kunda TATU Maxsus fakultetida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va kursantlarning ota-onalari ham taklif etilib, ishtirok etdilar. Onalar onlayn muloqot orqali farzandlari va universitet jamoasiga dil izhorlari bildirdilar.

Darhaqiqat, 1992 yil 14 yanvarda mustaqil davlatimiz tarixida yana bir muhim qadam qo‘yilib, shu kundan mamlakatimiz hududidagi barcha harbiy qism va bo‘linmalarni O‘zbekiston tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shu tariqa Vatan himoyachilari kuni ozod va erkin xalqimizning yangi, muqaddas bir bayrami sifatida nishonlanib, yildan-yilga odamlarimizning ko‘nglidan, ichki dunyosidan chuqur joy olib bormoqda.

Hukumatimiz tomonidan o‘tgan yillar mobaynida yurtimizda davr talabi va jahon andozalariga javob beradigan Qurolli Kuchlarni barpo etish, mamlakatimiz mustaqilligi, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlash, barqaror va izchil demokratik taraqqiyotimizning ishonchli kafolati bo‘lgan milliy armiyamizni shakllantirish yo‘lida keng ko‘lamli va mohiyatan ulkan ishlar amalga oshirildi. Avvalo, harbiy soha islohotlari bilan bog‘liq strategik maqsadlarga erishishning muhim huquqiy poydevori bunyod etildi.

tuit_16_01_2017_05

Qurolli Kuchlarimizning izchil isloh etilishi natijasida prinsipial yangi tashkiliy-shtat tuzilmalari, harbiy boshqaruv tizimlari, turli qo‘shin turlari harakatlari muvofiqlashtirildi va ularning hamkorligini ta’minlash mexanizmlari shakllantirildi, harbiy xizmatchilarning professional tayyorgarligi va ularning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi tubdan yaxshilandi. Harbiy ta’lim sohasida olib borilgan izchil islohotlar xozirgi kunda o‘z samarasini bermoqda.

Harbiy bilim yurtlari va ulardagi fakultet hamda kafedralar soni oshganligi, Qurolli Kuchlarimiz akademiyasi tashkil etilganligi, istiqlolimizning mevasi bo‘lgan serjantlar tayyorlash maktablarini bitirayotgan professional va har tomonlama yetuk serjantlarimiz hozirgi kunda armiyamizning haqiqiy suyanchi va tayanchiga aylanganidan har qancha faxrlansak arziydi. Endilikda serjant deganimizda oddiy askarlarning ustozi, ofitserlarning eng yaqin ko‘makchisi, xarbiy xizmatni o‘ziga kasb deb, o‘z hayotining taqdiri deb biladigan jasur o‘g‘lonlarimizni tushunamiz.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Armiyani tom ma’noda armiya qiladigan, har qanday murakkab vaziyat va sinovlardan yorug‘ yuz bilan chiqishiga asos bo‘ladigan, uning jangovar qudrati va harbiy mahoratini yuksaltiradigan kuch bu – armiya saflarida xizmat qilayotgan insonlardir”

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakulteti ham o‘tgan 24 yil faoliyati davomida mustaqil yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi islohotlarda faol ishtirok etib, bugungi kunda Qurolli Kuchlar safiga axborot texnologiyalari, aloqa va telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlab, hukumatimiz ishonchini oqlab kelmoqda. Bu yil Maxsus fakultetning 59 nafar harbiy va ishchi xizmatchilarini “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlariga25 yil” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani ham hukumatimiz tomonidan fakultet faoliyatini alohida e’tirof etilganini ko‘rsatadi.

tuit_16_01_2017_06

Fakultet moddiy-texnika bazasi zamonaviy axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari asosidatakomillashtirildi, o‘quv jarayoni davlat ta’lim standartlari mezonlari asosida tashkillashtirildi, axborot resurslari bazasi hamda shaxsiy tarkibning maishiy qo‘llab-quvvatlash tizimi shakllantirildi.

Hukumatimiz tomonidan Qurolli Kuchlarimizga ko‘rsatilayotgan e’tiborini alohida e’tirof etgan holda Maxsus fakultet shaxsiy tarkibining mas’uliyatli va yuqori darajadagi kasb mahorati bundan buyon ham qo‘yilayotgan vazifalarning a’lo darajada bajarishga ko‘maklashadi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi talabalarining musiqali chiqishlari bayram muhitiga yanada ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari A’lamov Umid Baxtiyorovich ishtirok etdi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq