Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi harbiy xizmatchilariga davlat mukofotlari topshirildi
14.01.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

savu_13_01_2017

Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilganiga 25 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasida ham tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda qayd etigani kabi, Qurolli Kuchlarimizning salohiyatini har tomonlama mustahkamlashga qaratilayotgan alohida e’tibor shaxsiy tarkibning jangovar va ma’naviy tayyorgarligi yuksalishi, Vatan himoyachilarining yuksak aql-zakovati, intellektual salohiyati, mustahkam irodasi, o‘z xalqiga sadoqati kabi olijanob xususiyat va fazilatlarining shakllanishiga xizmat qilmoqda.

Bu e’tibor samarasini O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi misolida ham ko‘rish mumkin. Harbiy qismning moddiy-texnik bazasi zamonaviy texnika bilan mustahkamlanib, o‘quv-mashq jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Natijada, boshqarma avariya-tiklash ishlarini olib borish jarayonida aloqa boshqaruvini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasining aloqa va telekommunikatsiya ob’ektlarida avariya-tiklash ishlarini amalga oshirish, aloqa ob’ektlarida qo‘riqlashni amalga oshiradigan professional tarkibga ega bo‘ldi.

Marosimda boshqarmaning bir guruh xizmatchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan davlatimizning yuksak “Sodiq xizmatlari uchun” hamda “Shuhrat” medallari, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil” esdalik nishonlari topshirildi.

Maxsus avariya-tiklash boshqarmasining faoliyati bilan www.savu.uz veb-saytida tanishishingiz mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq