Davlat idoralarida axborot xavfsizligini ta’minlash muhokama qilindi
14.01.2017
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

inf_13_01_2017

13 yanvar kuni Aloqa tarixi muzeyida bo‘lib o‘tgan respublika seminarida davlat organlari faoliyatida axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi. Seminarning o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad davlat muassasalari faoliyatida axborot xavfsizligi qoidalariga rioya etish, bu borada o‘zaro mahalliy va xalqaro tajribalar yuzasidan fikr almashishdan iborat.

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tomonidan tashkil etilib, unda barcha davlat organlarining 130 nafar axborot xavfsizligini ta’minlashga mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirda ta’kidlangani kabi, so‘nggi yillarda AKTdan foydalanish ko‘lami kengayib borgani sayin, axborot xavfsizligini ta’minlash masalasining dolzarbligi oshib bormoqda. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni o‘tkazish davr talabi hisoblanadi.

Shuni inobatga olib, seminarda Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan loyihalar, tajriba hamda boy bilimlar o‘rganilib, fikr almashildi.

Tadbir mobaynida axborot xavfsizligi bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, davlat idorlaridagi bu ishlarning holati, veb-sayt va axborot tizimlaridagi xavfsizlik ta’minoti yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

Jumladan, Internet tarmog‘idagi xavfsizlik masalasi, avtomatlashgan bank tizimlarida xavfsizlikni ta’minlash choralari, axborot xurujlarining o‘sib borish tendensiyalari va ularning tasnifi, ularni bartaraf etish choralari xususida axborotlar berildi. Shuningdek, ekspertlar davlat boshqaruvi, mahalliy boshqaruv organlarida axborot xavfsizligida yuzaga kelayotgan muammolar, kamchilik va ularni oldini olish usullari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishdi. Qayd etilganidek, mazkur muammolarning oldini olish bevosita ularni muntazam o‘rganish va tizimli ravishda axborot xavfsizligi choralarini ko‘rishni talab qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq