“Sepsis” dasturiy mahsuloti
13.01.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bir guruh o‘zbek dasturchilari tomonidan «Sepsis» dasturiy mahsuloti yaratildi. Dastur tibbiyotda qandli diabet fonida rivojlangan infeksiyaning mahalliy yoki tarqalgan turlarini erta aniqlash va taqqoslama tashhis qo‘yish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, buning natijasida qandli diabet fonida rivojlangan tizimli yallihlanish reaksiyalari sindromi (SIRS) yoki sepsisning turli shakllarida intensiv davo choralarini aniqlab beradi.

Dasturiy mahsulot qandli diabet fonida rivojlangan yumshoq to‘qimalarning yiringli-yallig‘lanish kasalliklarida kliniko-laborator ko‘rsatkichlariga asoslangan bo‘lib, rivojlanishi mumkin bo‘lgan sepsis va uning asoratlarini prognoz qiladi va baholab beradi.

Mualliflar — Oxunov Alisher, Babadjanov Baxtiyor, Pulatov Ubaydullalarga ushbu dasturiy mahsulot uchun № DGU 04057 rahamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq