«Texnoprosistem» MCHJ direktori Faxritdin Rahimov bilan Blits-intervyu

tps_10_01_2017

O‘tgan yilda jamoamiz ko‘plab yaxshi natijalarga erishdi. Mana bir necha yillardan buyon o‘z intilish va samarali mehnatimiz bilan kompaniyada barqaror ravishda sodir bo‘layotgan global o‘zgarishlarga erishishga harakat qilib kelmoqdamiz.

tps_30_12_2016_01

2016-yil biz uchun omadli va taqdim etadigan xizmatlarimizning yaxshilanishi yili bo‘ldi. Bu yil yirik korporativ abonentlar bilan shartnomalar imzolandi, hamkorlarimiz ro‘yxati doirasi kengaydi, kompaniya abonentlik bazasi kattalashdi, yangi innovatsion xizmatlar ishga tushirildi, yirik aksiyalar o‘tkazildi, tariflar segmenti kengaytirildi, shaharlar olis tumanlari FTTB bilan qoplandi.

O‘zbekiston bozorida innovatsion internet-provayderlaridan biri sifatida TPS kompaniyasining asosiy vazifasi — an’anaviy xizmatlarni yanada qulaylashtirish va yangilarini taqdim etishdan iborat.

Mutaxassislarimiz tomonidan yangi xizmatlar ishlab chiqildi va joriy etildi, ularning evaziga Internet tezligi yanada yuqori bo‘lib, qulayroq va foydalanish yengilroq bo‘ldi.

«Ota-onalar nazorati» ajoyib xizmatining joriy etilishini o‘zimizning muhim yutuqlarimizdan biri deb hisoblaymiz. Kompaniyamiz O‘zbekiston bozorida birinchi bo‘lib, mazkur noyob mahsulotni yo‘lga qo‘ydi, u yaqinlarimizni turli yomon illatlarni targ‘ib qiluvchi Internet xavfidan, shuningdek, 18 yoshga yetmagan shaxslar uchun mo‘ljallanmagan zerikarli reklamalardan himoya qilish imkonini beradi. «TPS o‘z abonentlariga g‘amxo‘r» — buni barcha xizmatlarini ishlab chiqishda jamoaning shiori deb atash mumkin.

Hamkorlarimiz bilan birgalikda yaratilgan videokontentni ko‘rib chiqish uchun ilovaning ishga tushirilishi ikkinchi muhim hodisa bo‘ldi. AllPlay — bu filmlar va seriallarni: chiroyli, qulay, kontentning katta jamlanmasi bilan onlayn-tomosha qilish uchun servisdir. Bu yerda har qanday tomoshabin, kino va seriallar ishqibozi o‘z smartfonida, planshetida yoki smart-TVda tomosha qilishga istalgan videomahsulotni doim topa oladi. Kontent jamlanmasi hayratlanishga arzigulik: mediakontent ma’lumotlar bazasi yuqori sifatli 7000 film va multfilmlardan, shuningdek, 2000dan ortiq serial va TV-ko‘rsatuvlaridan iborat. Hozircha jamlanmada «Santa Barbara» yo‘q, biroq ko‘plab komediya, fantastik, drama, oilaviy hamda boshqa ta’sirli sarguzashli filmlar mavjud. Kichkintoylarga — «Смeшарики», onalarga — «Вeликолeпный вeк», o‘g‘illar bilan otalarga esa —«smak»: epik blokbaster va trillerlar mavjud. Eng asosiysi — ilova hech bir muammosiz Player.uz.ni tomosha qilishga imkon beradi.

Yil oxirida kompaniya tomonidan abonentlar — jismoniy shaxslar uchun «JetPoints» sodiqlik dasturi ishga tushirildi. «JetPoints» — bu bonus ballar jamlanadigan tizimdir, bu esa TPS barcha abonentlari ulangan vaqtdan boshlab, shaxsiy abonentlik bonuslari jamlanadi. Hozircha loyiha hali yosh va abonentlar jamlangan ballarini nafaqat kompaniyaning qo‘shimcha xizmatlaridan foydalanishlari mumkin, balki sodiqlik dasturi qamrovini kengaytiradi. «JetPoints» dasturi doirasida 2017-yil boshida abonentlarimiz uchun yangi qiziqarli xizmatlar taqdim etish rejalashtirilgan.

tps_30_12_2016_02

Butun yil mobaynida xodimlarimiz TPSning mavjud faol va sodiq abonentlarini rag‘batlantirib, turli tanlovlar tashkil etdilar. O‘zimizni jismoniy va yuridik shaxslarga ishonchli hamkor sifatida namoyon etib, barcha mavjud va salohiyatli mijozlarimizni munosib darajada qo‘llab turishga intilamiz.

Shuni ta’kidlash zarurki, sahovatlilikni namoyon etish imkoniyatiga ham katta e’tibor qaratamiz, o‘tgan yilda bu borada Surxondaryo viloyati Denov shahridagi «Muruvvat» uyi imkoniyati cheklangan odamlar uchun xayriya ishlarini amalga oshirdik.

1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida jamoamiz ofis abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofislariga tashrif buyurib, bolajonlarga bayram tashkil etdi. Ota-onalari bilan kelgan bolalar uch kun mobaynida lotereyalarda ishtirok etish, esdalik sovg‘alari va sharlar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, shirinliklar bilan siylandilar.

tps_30_12_2016_03

2017-yil rejalari ustida to‘xtalsak, 2016-yildagi asosiy vazfalar davom ettiriladi.

Birinchi navbatda, kompaniyamiz strategiyasini jiddiy rivojlantirishga, talabalardan tortib, ko‘p bolali oilalargacha qamrab oladigan, turli yoshdagi ko‘plab foydalanuvchilarni qoniqtiradigan va jalb etadigan tariflar yaratilishiga yangicha yondashuv bilan bozor segmentiga e’tibor qaratishga kirishganmiz.

Shuningdek, TPS jamoasi ichki resurslar va kontent-saytlarining rivojlanishi bilan faol shug‘ujjanmoqda. Har kuni mutaxassislarimiz TAS-IX tarmog‘i ommaviy saytlaridan biri — http://www.player.uz va http://www.topmusic.uz saytlarini yangilab, yangiliklar bilan to‘ldirib bormoqda.

Yangi yil bilan qutlab, butun kompaniya nomidan barchaga muvaffaqiyatlar, omad, salomatlik va oilalarida tinchlik-xotirjamlik tilaymiz. 2017-yil Sizga faqat quvonch va yaxshi kayfiyat baxsh etsin!

Jadal odimlarimizni kuzatib borib, kompaniyaning yangiliklaridan xabardor bo‘ling.

Orphus system