«East Telecom» MCHJ bosh direktori janob Li Sang Ki bilan Blits-intervyu
10.01.2017
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

et_10_01_2017

Mana o‘n uch yildirki, East Telecom kompaniyasi o‘z xizmatlarini O‘zbekiston IT bozorida taqdim etib kelmoqda. 2016-yil sarhisobini qilib, aytish lozimki, yil mobaynida kompaniya tomonidan ko‘plab rejalashtirilgan ishlar amalga oshirildi, maqsadlarga erishildi, shuningdek, mavjud mijozlarimizning sodiqliklari va ishonchlarini oshirsh uchun katta ishlar amalga oshirildi. Hozirgi vaqtda East Telecom yuqori sifatli qulay va ishonchli xizmatlarni taqdim etish yo‘li bilan bozordagi ulushini oshirishda davom etmoqda.

et_30_12_2016_01

2016-yilda kompaniyaning barcha sohalarda rivojlanishi uchun ko‘p kuch sarflandi. East Telekom xodimlari har oylik treninglar va uchrashuvlarda ishtirok etdilar, o‘z bilim va malakalari darajasini oshirib borganlari sababli mijozlar bilan muloqot va oldinda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda yanada yuqori darajada o‘tkaza boshladilar. Yirik tashkilotlar rivojida muvaffaqiyatga erishish ko‘pincha kompaniya ichki kadrlarini takomillashtirib borishga bog‘liq ekanligini tushunamiz bo‘ladi, bunday investitsiya turidan ijobiy natijalar ko‘rmoqdamiz. Buning uchun kompaniya xodimlari Janubiy Koreya mutaxassislari bilan kasbiy tajriba almashish dasturida ishtirok etmoqdalar.

Shuni ta’kidlash lozimki, yilning ikkinchi yarmida kompaniya texnik tomondan yaxshilandi, nosozliklar soni sezilarli darajada kamaydi, moliyaviy mablag‘larni tejash hamda xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida ikki mintaqa: Qarshi va Termizda RRL (radioreleyli uskunalar) modernizatsiyalandi va optimallashtirildi, shuningdek, Navoiy, Samarqand, Nukus va Gulistonda uskunalar optimallashtirilish bosqichida turibdi.

Toshkent–Farg‘ona vodiysi uchastkasida «East Telecom» MCHJ ma’lumotlar uzatish tarmog‘i kanali optimallashtirildi.

Toshkent–Farg‘ona va Toshkent–Andijon uchastkasida qo‘shimcha kanallar tashkil etildi.

et_30_12_2016_02

Bugungi kunda mazkur kanallarning paydo bo‘lishi va optimallashishi Farg‘ona vodiysining butun mintaqasi bo‘ylab, asosiy bog‘lamalari bo‘yicha o‘sib borayotgan trafigini ratsional taqsimlash, ma’lumotlar uzatish ishonchliligini oshirishga imkon beradi.

Shuningdek, qo‘shimcha kanallarning paydo bo‘lishi Toshkent–Qo‘qon–Namangan uchastkasida uzilish bo‘lganida «tor joydan» o‘tishga yordam beradi, bu esa tarmoqdan foydalanishda mahsuldorlikni oshirad.

East Telecom kompaniyasi barcha mijozlari uchun doim o‘z xizmatlaridan foydalanishni soddalashtirishga intiladi. 2016-yilda korporativ abonentlari soni ancha ko‘paydi, hozirgi vaqtda mamlakatimizning O‘zbekiston bozorida barqaror o‘rin tutgan ko‘pchilik mobil aloqa operatorlari, yirik zavodlar va boshqa korxonalar biz bilan hamkorlik qilmoqda.

Uch yil mobaynida kompaniya o‘z ishida ma’lum bir faoliyatda yoki ma’lum bir maqsadlarga erishishda muvaffaqiyatlar yutuqlarining ko‘rsatkichi bo‘lgan — KPI (KPI (Key Performance Indicator) tizimidan foydalanmoqda. Aytish mumkinki, KPI — bu haqiqiy erishilgan natijalarni son jihatidan aniqlash indikatori bo‘lib, muvaffaqiyatga erishishning barcha ko‘rsatkichlarini kuzatish va nazorat qilishga hamda zaif tomonlarini aniqlab, ularni takomillashtirish va to‘g‘rilashga yordam beradi. Mazkur tizimda East Telekom ko‘rsatkichlari yil sayin o‘sib bormoqda, buning evaziga kompaniyaning telekommunikatsiyalar sohasida o‘sishining asosiy omillarini ajratib ko‘rsatish mumkin.

et_30_12_2016_03

Ta’kidlash lozimki, janob Li «O‘zbektelekom» AKga rivojlanishda va magistrallar qurilishida hamkorlik qilganligi uchun minnatdorlik izhor etdi. Uning simli liniyalari evaziga East Telekomning 70 foizdan ortiq abonentlari kompaniya xizmatlaridan uzluksiz foydalana oladilar.

Endi esa 2017-yil rejalari haqida qisqacha to‘xtalamiz

Mijozlar va tarmoq foydalanuvchilarining talablari kun sayin o‘sib bormoqda, bu texnologiyalarning jadal rivojlanishi bilan tasdiqlanmoqda. Sifat — bizning yetakchi va raqobatbardosh ustunligimizdan biridir. 2017-yilda doimiy maqsadlarimiz — xizmatlarimiz sifati darajasini oshirish, kompaniya taqdim etadigan xizmatlar servisini yaxshilash, uzluksiz aloqani ta’minlash ishlarini amalga oshirishda davom etdiramiz, shuningdek, kompaniya turli xizmatlarini takomillashtiriladi. Qoplangan zonalarni kengaytirish va abonentlar sonini oshirib borishda davom etamiz. Shuningdek, yirik korporativ mijozlar bilan hamkorlik davom etadi. Narxlar pasaytirilishi va xizmatlar sifati oshirilishi rejalashtirilmoqda.

East Telecom kompaniyasi barcha mijozlarga ularning tanlovi va ishonchlari uchun minnatdorchilik bildiradi, sizlar uchun eng yaxshilardan bo‘lishga intilamiz!

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq