O‘zbekistondagi Softline kompaniyasi direktori Oybek Orifjonov bilan Blits-intervyu
09.01.2017
Rukn: Internet.
Muallif: .

softline_09_01_2017

О‘tgan 2016-yil sarhisobi va kirib kelgan 2017-yil rejalari haqida O‘zbekistondagi Softline kompaniyasi direktori Oybek Orifdjanov bilan suhbatlashdik.

— Bugungi Softline bir yil avvalgisidan farq qiladimi?

— Hа, albatta, farq qiladi, kompaniya o‘sib bormoqda, o‘z imkoniyatlari doirasini kengaytirmoqda hamda global holatda ham, MDH, xususan, O‘zbekiston bozorida ham o‘sish sur’atlarini namoyish etmoqda. Bugung kunda kompaniya jahonning  30ta mamlakati, 80ta shahrida taqdim etiladi.

soft_29_12_2016_01

O‘tgan yilda Softline o‘zining  O‘zbekiston AKT bozoridagi muvaffaqiyatli rivojlanishining 12 yilligini nishonladi. Bir yil oldin oldimizga dasturiy ta’minot yetkazib beruvchilikdangina emas, balki to‘laqonli  integrator sifatida faoliyat doirasini kengaytirishdek vazifani qo‘ygandik. Bugungi kunda mazkur maqsadga ershdik, dasturiy va apparatli yechimlar keng portfeliga ega, servis loyihalarini amalga oshiruvchi to‘laqonli  integratorga aylandik, nafaqat u yoki bu yechimlarni joriy etish, balki texnik qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanamiz, kompaniya o‘z xususiy Softline Education — o‘quv markaziga ega, tinglovchilarga mualliflashgan va muallifli IT-ta’lim yo‘nalishlarining keng doirasi taqdim etiladi.

O‘tgan yilning muhim hodisalaridan biri Huawei kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi tuzilganligidir. Hamkorligimiz doirasida Markaziy Osiyo bo‘yicha texnik xodimlariga ham, sotuvlar bo‘limi xodimlariga ham sertifikatlar bilan tasdiqlangan  «Value Added Partner» va «Huawei Authorized Learning Partner» yuqori mavqelariga ega bo‘ldik. Mazkur mavqelar  mijozlarimiz uchun Huawei yechimlarini maksimal darajada sifatli va moslashuvchan joriy etish imkonini beradi, bundan tashqari, HALP maqomi Huawei yechimlari bo‘yicha nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa qo‘shni mamlakatlarda eksklyuziv o‘qishlar ko‘zda tutiladi.

soft_29_12_2016_02

— 2016-yil II yarim yilligida kompaniyangiz faoliyatining sarhisobini (raqamlar, faktlar, muhim hodisalar) aytib bersangiz

— 2016-yil servislar yo‘nalishini rivojlantirish shiori ostida o‘tdi. Jahon amaliyoti va jadal rivojlanayotgan O‘zbekiston AKT bozoriga yo‘naltirib, quyidagi vazifalar: budjetlarni qisqartrish va  biznes-jarayonlarni optimallashtirish, IT-vositalarni qo‘llab, personal samaradorligini oshirish, IT-infrastrukturalarining himoyalanganligi, axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha va boshqalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Softline barcha sanab o‘tilgan vazifalarni ta’minlashga qaratilgan yechimlar va xizmatlar sohasida muhim ekspertizalarni jamlagan.

Kompaniya muntazam ravishda jahonning IT bozori yetakchilari bo‘lgan hamkorlari ro‘yxatini to‘ldirib  bormoqda, bu esa o‘z navbatida, mijozlarimizni yetakchi bo‘lishga yordam beradi, sababi bizda har bir mijozga amaliyotda haqiqiy individual yondashuv qo‘llaniladi.

Xodimlarimiz mahorati ularning Microsoft, Huawei, VMWare, Veritas, Fujitsu, NetApp, Cisco, Lenovo, Avaya, Oracle, Kerio, «Kasperskiy laboratoriyasi», ESET, Infowatch va boshqa ko‘plab salohiyatli ishlab chiqaruvchilar mavjudligi bilan tasdiqlanadi. Softline mijozga yo‘naltirilgan kompaniyadir, korxonalar IT-infrastrukturasining rivojlanishi darajasini puxta o‘rganib, har bir mijoz uchun aynan uning biznesi xususiyatiga muvofiq keluvchi va vazifalarni hal etishda yangi darajada yordam beruvchi yechim hamda xizmatlarni taqdim etishni o‘z oldimizga qo‘yganmiz.

soft_29_12_2016_03

— 2017-yil I yarim yilligi rejalari haqida to‘xtalsangiz

2017-yil I yarim yilligida  Hardware yo‘nalishi bo‘yicha yechimlar portfelini yanada kengaytirishni rejalshtirganmiz, servislar yo‘nalishini rivojlantirish, BI va ERP- yechimlar yo‘nalishini rivojlantirishni davom ettiramiz.

Axborot xavfsizligi bo‘yicha hozirgi vaqtda rivojlangan yo‘nalishimiz odimlarini jadallashtirish 2017-yilning birinchi yarim yilligining muhim vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda  mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarning keng yechimlari portfeliga egamiz. Xodimlarimiz malakasi muntazam so‘rovlar va amalga oshirilgan loyihalarda o‘z tasdig‘ini olmoqda.

Umuman olganda, Softline kompaniyasi taqdim etayotgan xizmatlari yuqori sifatini qo‘llab-quvvatlagan holda o‘z biznesini rivojlantirish va kengaytirishga hamda  o‘z mijozlari manfaatlariga yo‘naltirilgan kompaniya bo‘lib qolishga intiladi. Erishilgan yutuqlarda to‘xtab qolmaymiz, taqdim etayotgan xizmatlarimiz sifatini muntazam ravishda oshirib borishga va  menejmentda ham, biznes sohasida ham  texnologiyalar rivojini takomillashtiramiz.

— Suhbat yakunida jurnalxonlarimizga tilaklaringiz

—  Fursatdan foydalanib, hurmatli barcha hamkorlarimiz va buyurtmachilarimizga hamkorlikdagi ishlarimizda yuqori darajada mahoratlari va ishonchlari uchun minnatdorlik bildirshga, shuningdek, O‘zbekistondagi  Softline kompaniyasi nomidan Yangi yil bilan barchani tabriklashga ijozat bersangiz!

2017-yil barchaning uyiga quvonch, baxt, tabassum va yaxshi kayfiyatlar olib kelsin.

Barcha orzu-niyatlaringiz ro‘yobga chiqsin va rejalaringiz muvaffaqiyatli amalga oshsin. Yangi yil baxtga to‘liq kunlar bilan o‘tsin!

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq