«Nuron DC» MCHJ direktori Tsoy Leonid bilan blits-intervyu
09.01.2017
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

nuron_09_01_2017

2016-yilda kompaniyamiz quyidagi natijalarga erishdi:

  1. Kompaniyamiz qurilish, IT-infrastrukturasi texnik qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, IT-resurslarini boshqarish va axborot xavfsizligi sohasida qator murakkab texnik loyihalarni amalga oshirish ishlarini davom ettirdi. Bu bizga texnik malaka va tajribamizni takomillashtirishga imkon berdi. Amalga oshirilgan texnik loyihalar uskunalar va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Fujitsu, HP, Emerson kabi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikni yuqori darajada ushlab turishga, shuningdek, «Kasperskiy Laboratoriyasi» va VMWare kabi boshqa IT-kompaniyalaridan avtorizatsiya olishga imkon berdi.
  2. 2016-yilning birinchi yarmida kompaniyamiz tomonidan IT-xavfsizlik sohasida yechimlarni ishlab chiquvchi «Kasperskiy Laboratoriyasi» kompaniyasi bilan hamkorlik kelishuvi tuzildi.
  3. 2016-yilning ikkinchi yarmida Nuron DC kompaniyasi virtualizatsiya uchun yirik dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi VMWare kompaniyasidan Solutions Provider Professional maqomini oldi.
  4. Kompaniya texnik servis bo‘linmalarining ishlarini takomillashtirish davom ettirilmoqda, korporativ mijozlar soni va yetakchi jahon brendlariga servis xizmat ko‘rsatish kompleksi bo‘yicha taqdim etilayotgan xizmatlar ro‘yxati oshirilmoqda. Server tizimlari va kompaniya texnik hamkorligi tizimlariga servis shartnomalari tuzilgan.

nuron_27_12_2016_01

Kompaniyaning 2017-yil rejalari

2017-yildagi vazifamiz buyurtmachilarimizni texnik va servis qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Eng avvalo, amalga oshirilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, buyurtmachilar tizimlarining samarasini oshirishga va xavfsizlikni oshirishga yordam beruvchi yechimlar haqida eng yangi texnik axborotlarni taqdim etishdan iborat.

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq