Nano Telecom bosh direktori Yevgeniy Vishnevskiy bilan blits-intervyu

nano_09_01_2017

— Yevgeniy, marhamat qilib aytib bersangiz, qanday loyihalar ustida ishlayapsiz, mijozlarga qanday yechimlarni taqdim etayapsiz?

— Nano Telecom — optik-tolali liniya bazasida xususiy transport tarmog‘iga ega bo‘lgan qayd etilgan yetakchi aloqa operatorlaridan biridir. Internet, telefoniya, raqamli televideniya va ma’lumotlar uzatish  tarmog‘iga yuqori tezlikda ulanish bo‘yicha telekommunikatsiya xizmatlarining barcha turlarini taqdim etadi.

nano_27_12_2016_01

Kompaniyamiz  telekommunikatsiya va IT sohasida ishlaydi, mijozlarimiz biznesi yanada samarali va muvaffaqiyatli bo‘lishiga imkon beruvchi innovatsion yechimlarni taqdim etamiz.

Buungi kunda Nano Telecom tarmog‘iga poytaxtimizdagi biznes-markazlarning uchdan ikki qismi, yirik tijorat  ban­klari, savdo-ko‘ngilochar markazlar, reteyler tarmoqlari, savdo va sanoat korxonalarining binolari, yirik mehmonxonalar va o‘nlab zamonaviy turar-joy komplekslari ulangan.

— Kompaniya uchun 2016-yil qanday otdi?

— Albatta, ko‘plab yutuqlarga erishdik. Birinchidan, texnik va mijozlar servisi standartlarini oshirdik. Ikkinchidan, uskunalarni modernizatsiya qildik va ishonchliligini oshirdik, bu esa taqdim etilayotgan xizmatlarimiz geografiyasini kengaytirdi. 2016-yilda poytaxtimizda  optik-tolali tarmoqlarni kengaytirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Bundan tashqari, ikkita ajoyib loyihani yo‘lga qo‘ydik.

MySpot Media — ommaviy Wi-Fi-tarmoqlarida reklama va xizmatlar uchun yechimlarni taqdim etuvchi zamonaviy servisdir.

Xot-spotlarimiz savdo-ko‘ngilochar markazlar, xiyobon, restoran va qahvaxonalarda joylashgan. Bu mazkur joylarga tashrif buyuruvchilarga bepul tezkor Internetdan foydalanish imkonini beradi, reklama beruvchilarga esa faol to‘lov imkoniyatiga ega bo‘lgan auditoriyali ajoyib reklama maydonini yaratadi.

nano_27_12_2016_02

Voice Line — bu innovatsion muloqot(kontakt)-markazi telemarketing, virtual ofis va so‘rovnoma o‘tkazishning qulay vositasi bo‘lib hisoblanadi, shuningdek, qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish va mijozlarga sohaga oid har qanday masalada maslahat berish  bilan shug‘ullanadi.

Raqamli  televideniya xizmatidan foydalanuvchi abonentlar uchun (VOD) so‘rovlari bo‘yicha videoni kiritdik. Bu TV-pristavka yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri televizordan olinadigan litsenziyalangan katta videomahsulotlar arxiviga cheklanmagan holda ulanishdir. Arxivimizda HD yuqori aniqlikdagi formatda ko‘p sonli yangi kinolar, kinoxitlar, seriallar, multfilmlat va  boshqalar mavjud.

Yil mobaynida abonentlar uchun server quvvatini va Internetga ulanish tezligini  oshirish ustida ishlarni amalga oshirdik.

Xodimlarimiz malakasini oshirish ustida tinimsiz ish yuritamiz, mahorat-saboqlari, treninglar o‘tkazamiz hamda xodimlarni chet elga stajirovkaga jo‘natamiz.

— Yangi yilda mijozlarni nimalar bilan xursand qilmoqchisiz?

—  2017-yilda  Internetga ulanish tezligini oshirishni va bir vaqtda ko‘plab loyihalarni yo‘lga qo‘yishni  rejalashtirganmiz. Faoliyatimiz geografiyasini kengaytiramiz, tarmoqlarni  modernizatsiyalash va mijozlar bazasini kengaytirish, xizmatlar taqdim etishning zamonaviy va qulay usullarini joriy etish ustida ishlarni davom ettiramiz.

Shuningdek, mijozlarimizni jalb etuvchi aksiyalar o‘tkazishni rejalashtirganmiz.

Fursatdan foydalanib, infoCOM.UZ muxlislarini Yangi yil bilan tabriklamoqchiman! Yangi yil Siz uchun samarali yil bo‘lsin, Yangi g‘oyalar, shartnoma va loyihalarga boy bo‘lsin!

Orphus system