“Toshkent hayvonot bog‘i” pochta markalari turkumining chiqarilishi haqida
05.01.2017
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

mark_5_01_2017

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2016 yil 30 dekabrdan “Toshkent hayvonot bog‘i” turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 3 ta pochta markasidan va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida Toshkent hayvonot bog‘ida yashovchi hayvonlar tasvirlangan. Hayvonlarning nomlari lotin tilida berilgan.

Pochta blokida o‘zbek tilida lotin grafikasida “TOSHKENT HAYVONOT BOG‘I” yozuvi joylashgan.

Pochta markalari va pochta bloki bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 37×37 mm. Pochta blokining o‘lchami 80×90 mm. Pochta blokidagi pochta markalarning o‘lchami 37x37x mm.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

mark_5_01_2017_1 mark_5_01_2017_2 mark_5_01_2017_3
1174 1175 1176

1174. «Neofelis nebulosa» (Kul rang qoplon) Nominali – 1700 so‘m
1175. «Haliaeetus albicilla» (Suvburgut) Nominali – 1900 so‘m
1176. «Ramphastos vitellinus» (Tukan-ariel) Nominali – 2100 so‘m

Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan.

1177

1177. «Eos bornea» (Qizil lori) Nominali – 2500 so‘m.

Pochta blokining adadi 5 ming nusxa.

Rassom – Kim A.
Dizayner – Kaneves E.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq