Matbaa korxonasini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish uchun ariza taqdim etish
05.01.2017
Rukn: Internet.
Muallif: .

poli_05_01_2017

O‘zbekistоn mаtbuоt vа ахbоrоt аgentligi YaIDXPda interaktiv xizmatlar ro‘yxatini matbaa korxonasini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish uchun ariza taqdim etish xizmati bilan yana bittaga oshirdi. Ushbu xizmat yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar (jismoniyshaxslar) uchun taqdim etiladi.

Murojaatchi YaIDXP orqali real vaqt rejimida elektron ariza yuborish jarayonida kerakli hujjatlarni arizaga qo‘shib yuborishi lozim. Matbaa korxonasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 dekabrdagi “Matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 454-son qaroriga binoan o‘rnatilgan tartibda davlat boji undiriladi.

Xizmat natijasi bo‘lib, 15 kun muddatda matbaa korxonasini ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatga olishni rad etish haqida xabarnomani olish hisoblanadi.

Manba

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq