«O‘zbektelekom» AK UZMOBILE filiali direktori Shuhrat Qodirov bilan blits-intervyu
04.01.2017
Rukn: Intervyu, Mobil aloqa.
Muallif: .

uzmobile_04_01_2017

Maqsadimiz – cheksiz muloqot! Rivojlanish davom etmoqda!

UZMOBILE milliy mobil aloqa operatorini yaratish loyihasini izchillik bilan amalga oshirish bo‘yicha muntazam olib boriladigan ishlar doirasida 2016-yil mobaynida texnik jihatdan ham, tijorat jihatidan ham muhim natijalarga erishildi.

uzmobile_27_12_2016_03

Mazkur loyihaning 2017-yilda  kelgusi istiqbollarini belgilash va o‘tayotgan yil sarhisobini qilish uchun «O‘zbektelekom» AK UZMOBILE filiali tijorat direktori o‘rinbosari  Marat Smagin bilan blits-intervyu o‘tkazdik.

— 2016-yildagi eng muhim hodisa deb nimalarni ko‘rsatish mumkin?

— Birinchidan – bu texnologik birinchilikning shakllantirilishi, to‘laqonli UZMOBILE GSM tarmog‘ini qurish va kengaytirish ishlarining amalga oshirilishidir. Butun O‘zbekiston bo‘ylab 2G/3G va 4G texnologiyalarini joriy etib, rivojlanish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. UZMOBILE xizmatlari sifatini oshirish maqsadida nutq uzatishni juda sifatli HD Voice texnologiyasi ishga tushirildi. Bugungi kundayoq, yaqinda o‘tkazilgan mustaqil test  va o‘lchovlarga muvofiq, UZMOBILE GSM tarmog‘i aloqasi poytaxtimizda eng yaxshi deb tan olindi. UZMOBILE mobil aloqa milliy operatoriga Toshkent hududida o‘z  abonentlarini sifatli ovozli servislar va eng yaxshi ma’lumotlar uzatish servislarini ta’minlovchi operator nomi berildi.

Shuningdek, 2016-yil mobaynida  O‘zbekiston milliy mobil aloqa operatori nafaqat mamlakatimiz viloyatlari markazi, balki tumanlar markazida ham GSM tarmog‘ining ishga tushirilishini amalga oshirganligini eslatib o‘tish muhim deb hisoblayman. Shu vaqtdan boshlab butun O‘zbekiston mintaqalari bo‘ylab GSM tarmog‘ining to‘la miqyosli qurilishi amalga oshirilib, kengaytirib borilmoqda. Faqat keyingi yarim yilda 2G/3G/4G LTE aloqa standartlari asosidagi texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlagan holda 1200tadan ortiq zamonaviy bazoviy stansiyalar o‘rnatildi.

uzmobile_27_12_2016_01

Xususan, Toshkent, Namangan, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarining barcha  viloyat va tuman markazlarida allaqachon GSM tarmog‘i baza stansiyalari o‘rnatilgan. Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Xorazm va mamlakatimizning qolgan viloyatlarida yangi baza stansiyalarini o‘rnatish hamda tarmoq qoplamalarini yaxshilash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Ikkinchidan.  2016-yilning birinchi yarmida UZMOBILE («O‘zbektelekom» AK nomidan) GSM Assotsiatsiyasi — xalqaro GSM standarti mobil aloqa operatorlari tashkilotining to‘lahuquqli a’zosiga aylandi va bugungi kunda jahonning barcha mamlakatlarida xalqaro  avtomatik rouming xizmati faol va keng joriy etilmoqda va kengaytirilmoqda.

Uchinchidan. Bu kompaniyaning milliy operator sifatida ijtimoiy faolligidir, xususan — O‘zbekistonda  Olimpiya harakatlarini rivojlantirish va ilgari surish sohasida hamkorlik  maqsadida UZMOBILE Rio-de-Janeyrodagi Yozgi Olimpiya o‘yinlari  arafasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasi bilan kelishuv imzoladi.

— 2017-yilga asosiy muhim vazifa sifatida nimalarni belgilagansiz?

— UZMOBILE ning 2017-yil uchun asosiy muhim vazifasi — mamlakatimizda o‘xshashi yo‘q yangi, ilg‘or texnologiyalarni faol joriy etishdan iborat. Eng ilg‘or,  texnik takomillashgan tarmoqlarni qurish davom etadi.

Biz qamrab olingan zonalarda qulay va sifatli aloqani ta’minlab, amal qilib turgan va salohiyatli abonentlarga 2017-yilda kengaytirib boriladigan takliflarni shakllantirishda davom etamiz.

uzmobile_27_12_2016_03

2017-yil  biznes-rejalarimiz qanday? O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2126 sonli Qaroriga muvofiq mamlakatimizning barcha mintaqalari bo‘yicha rivojlanish davom ettiriladi. Kelasi yilda 2G/3G/4G LTE aloqa standarti asosidagi texnologiyalar qo‘llab-quvvatlashi bilan uch mingdan ortiq baza stansiyalarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Shuningdek, CDMA tarmog‘i ham e’tibordan chetda qolmadi. Bugungi kunda O‘zbekiston aholi punktlarining 85 foizini qamrab olgan CDMA standarti tarmog‘ida modernizatsiya va qoplamalarni yaxshilash ishlari olib boriladi.

2016-yil sarhisobini qilib, ta’kidlash mumkinki — UZMOBILE tomonidan mamlakatimiz aholisi uchun ham, tadbirkorlik subyektlari va davlat tashkilotlari uchun ham qulay tariflar, sifatli aloqa va tezkor mobil Interneti taqdim etiladi. Yo‘lga qo‘yilgan muhim ishlar 2017-yilda ham davom ettiriladi.

Rivojlanish davom etadi. Masadimiz — cheksiz muloqot!

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq