UZINFOCOM markazi direktori Isayev Husan bilan Blits-intervyu
02.01.2017
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

uzinfocom_02_01_2016

Barcha uchun sevimli bayram – Yangi yil arafasida ortga nazar tashlash va har birimiz uchun oddiy bo‘lmagan o‘tgan yil sarhisobini chiqarishning ayni vaqti. UZINFOCOM markazi tomonidan Respublikamiz miqyosida amalga oshrilgan muhim loyihalar sonidan kelib chiqib, markazimizni axborot texnologiyalari sohasida «og‘ir vaznlilar toifasiga» ega deb aytish mumkin. O‘tayotgan yil bu fikrimizning tasdig‘i bo‘la oladi.

Yil mobaynidagi o‘zgarishlarga qaramay, UZINFOCOM markazi tomonidan ko‘plab qiziqarli va foydali internet-resurslari amalga oshirildi, shuningdek, mavjud loyihalar rivojlantirishda davom ettirildi.

Butun Uznet miqyosida muhim yorqin loyihalardan biri — bu o‘tayotgan yil yoz faslining birinchi kuni ishga tushirilgan Davra.uz – Milliy ijtimoiy tarmoqdir. Qator kuchli ommaviy ijtimoiy tarmoqlar mavjudligiga qaramay, Davra.uz yoshlarimiz o‘rtasida ommaviylashib bormoqda va bugungi kunda foydalanuvchilarining soni 12 550dan oshib ketdi. Davra.uz tarmog‘i o‘z foydalanuvchilari uchun asosiy funksiyalaridan tashqari qo‘shimcha imkoniyatlar bilan boyib bormoqda. Jumladan, sentabr oyida, tarmoq bazasida «Fayl almashgich» ishga tushirildi, uning yordamida foydalanuvchilar axborotlarni saqlashlari yoki ularni do‘stlari bilan TAS-IX tarmog‘ida o‘rtoqlashishlari mumkin.

uzinf_27_12_2016_01

Davra.uz ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari tomonidan hozirgacha 700ta mavzuli sahifa va hamjamiyatlar yaratilgan, ular orasida barchaga ma’lum Potrebiteli.uz guruhi, shuningdek, Beeline va UMS kabi yirik kompaniyalar bor.

Markazning ta’limiy-ma’rifiy loyihalariga kelsak, bunday resurslar ishlanmalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Markazning bu yil bir yilligini nishonlagan eng ajoyib loyihalaridan biri — ta’limiy onlayn-radio uRadio.uz kechayu kunduz eshittirish davom ettirilmoqda. Bu yil radioda ko‘plab taniqli va mashhur insonlar haqida eshittirishlar berildi. Ular orasida Xudoyberdi To‘xtabayev, Naim Karimov, Zulfiqor Musaqov kabi yozuvchiva olimlar, Hasan va Husan Salihovlar, Kumush Razzoqova, Sabina Mustayeva va boshqa teatr, kino aktyorlari, estrada qo‘shiqchilari bor. Albatta, Rio Olimpiadasida respublikamiz sharafini munosib himoya qilgan qadrli sportchilarimizni ham e’tibordan chetda qoldirmadik. Afsonaviy gimnastikachi Oksana Chusovitina, trampolin bo‘yicha olimpiada sovrindori Ekaterina Xilko va buyuk va qudratli olimpiada chempioni Ruslan Nuriddinovlar studiyamiz mehmoni bo‘ldi. uRadio.uzda «Lokomotiv» futbol klubi a’zolari, afsonaviy o‘zbek futbolchisi Azamat Abduraimov, O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Server Djeparov va boshqa O‘zbekiston futbol klublari vakillari bizga sport mavzusini to‘liq ochib berishda yordam berdilar.

uzinf_27_12_2016_02

Onlayn-radioimizning eng qulay xususiyati — bu onlayn-arxiv bo‘lib, unda uRadio.uz suhbatlari va radioeshittirishlarining barcha yozuvlarini yana qayta eshitish, yuklab olish mumkinligini eslatib o‘tish joiz , bugungi kunda ularning soni 2 400 yozuvdan oshib ketdi.

Hozirgi vaqtda juda dolzarb bo‘lgan sport mavzusini davom ettiradigan bo‘lsak, o‘tayotgan yilimizda UZINFOCOM markazi tomonidan sportga oid juda qiziq loyihalardan biri — uSport.uz sayti yo‘lga qo‘yildi. Saytda sport turlari, mamlakatimiz sport tashkilotlari, federatsiyalar va tadbirlar haqida batafsil ma’lumotlar o‘zbek va rus tillarida taqdim etiladi. Shuningdek, «Faxrimiz» bo‘limi ham mavjud bo‘lib, unda o‘zbek sportchilari — turli musobaqalar g‘oliblari haqida ham axborotlar taqdim etilgan. Saytda Rio Olimpiadasi davrida RIO 2016 va RIO Paralympic Games 2016 bo‘limlari tashkil etildi, Olimpiadaning borishi, unda sportshilarimizning ishtiroki haqidagi batafsil axborotlarni o‘z ichiga olgan.

uzinf_27_12_2016_04

UZINFOCOM markazi jamoasi tomonidan yoshlarimizning ma’naviy tarbiyasi va xalqimiz tarixidagi bebaho madaniy va ma’naviy meros targ‘ibotiga bag‘ishlangan buyuk ajdodimiz Sohibqiron Amir Temurning «Temur tuzuklari» asariga bag‘ishlangan www.temurtuzuklari.uz sayti ishlab chiqildi. Mazkur asar milliy madaniy merosimizning noyob namunasi sifatida mustaqillik yillarida tiklandi va bir necha bor chop etldi. Hozirgi vaqtda «Temur tuzuklari» asaridan veb-sayt orqali to‘liq bahramand bo‘lish mumkin. «Temur tuzuklari» veb-saytini ishlab chiqishda mazkur asar matni, miniatyuralari, rangli suratlari va rasmlardan foydalanildi. Bundan tashqari, veb-sayt «Temur tuzuklari» asari haqida qimmatli va qiziqarli maqolalardan tashkil etilgan. Shuningdek, mazkur resurs iOS va Android platformasi uchun mobil ilovasi ko‘rinishida ham taqdim etiladi.

uzinf_27_12_2016_05

Mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga muhabbatni targ‘ib etuvchi markaz loyihalaridan yana biri — bu O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan Meros.uz saytining «O‘zbekiston yetti mo‘jizasi» aksiyasidir. «O‘zbekiston yetti mo‘jizasi» aksiyasi yaqinda oktabr oyida, tantanali ravishda yakunlanib, yettilikka kiritilgan obyektlar vakillariga esdalik sertifikatlari topshirildi. Eslatib o‘taman, «O‘zbekiston yetti mo‘jizasi» umumxalq aksiyasida Meros.uz sayt bazasida barcha xohlovchilar ishtirok eta oldilar.

uzinf_27_12_2016_06

Ma’lumki, UZINFOCOM markazi tomonidan ta’limiy loyihalarning yaratilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Hozirgi davrdagi chet tillarini bilishning dolzarbligi va zarurligini e’tiborda tutib, bu yil ingliz tilini o‘rganish Lang.uz servisi ishlab chiqildi va qiziqarli interaktiv onlayn shaklda taklif etildi. Bunday servis hozircha Uznetda noyob bo‘lib hisoblanadi.

uzinf_27_12_2016_07

Materiallar murakkabligi bo‘yicha «Elementary»dan «Pre-Intermediate» gacha mavzuli darslar ko‘rinishida taqdim etilgan. Servisni ishga tushirish uchun 72ta dars tayyorlandi, ularnng soni doimiy ravishda o‘sib boradi.

Chet tillarini o‘rganishning muhimligini bilgan holda davlat tilimiz rivojiga ham katta e’tibor qaratamiz, xususan, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining qutlug‘ sanasi – 29 oktabr sharafiga ZiyoNET axborot ta’lim tarmog‘i Resurs markazi tomonidan umumshahar diktanti o‘tkazildi. Toshkent shahrining maxsus jihozlangan olti nuqtasida har bir xohlagan shaxs diktant yozib, o‘z bilimini tekshirish imkoniga ega bo‘ldi. Tadbir ishtirokchilari uchun maxsus www.diktant.uz sayti yaratildi, uning bazasida bunday tadbirlarni yanada keng miqyosda, muntazam ravishda o‘tkazishni rejalashtirganmiz.

uzinf_27_12_2016_08

ZiyoNET ta’lim portali rivojlanishda davom etmoqda, hozirgi davrda 73 000ga yaqin kitob, darsliklar va boshqa kutubxona materiallarini jamlagan katta kutubxonaga ega. «Arboblar», «Iqtidorli yoshlar», «Onlayn-testdan o‘tkazish» va boshqa bo‘limlar doimiy to‘ldirib borilmoqda. 34 000dan ortiq sayt-satellitlar turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z yaratuvchilarini topdilar, bu Milliy kontentimiz o‘sib borishida ijobiy natijalar va yoshlar tomonidan xususiy resurslar yaratishga qiziqishlarini isbot qilmoqda.

uzinf_27_12_2016_03

Eng kichik foydalanuvchilar uchun bu yil bolalarga «Davlat» va «Hukumat» tushunchalari bilan o‘yinli hamda ko‘ngilochar usulda tanishishga yordam beruvchi «Hukumat bolalar nigohida» resursi ishga tushirildi. Sayt O‘zbekiston haqida umumiy axborotni qulay shaklda taqdim etadi, shuningdek, bolalarda siyosiy va huquqiy bilimlarni shakllantiradi. Mazkur resurs yordamida bolalar davlat ramzlari haqida bilib oladilar va O‘zbekiston xaritasida mintaqalarni bo‘ylab, ularning joylashishini eslab qoladilar.

uzinf_27_12_2016_09

Aytaylik, UZINFOCOM markazi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan yana biri elektron hukumat rivoji bo‘lib, o‘tayotgan yil bu borada ko‘p ishlar amalga oshirildi. Bu yo‘nalishdagi eng muhim va ahamiyatga molik loyiha, so‘zsiz,— bu sentabr oyida ishga tushirilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Virtual qabulxonasi PM.GOV.UZ dir.

UZINFOCOM markazi tomonidan virtual qabulxonaning dasturiy qismi amalga oshirildi va bugungi kunda jamoamiz tomonidan resursning texnik qo‘llab-quvvatlanishi amalga oshirilmoqda.

Agar statistikaga e’tibor qaratsak, 2016-yil 7-dekabr holatiga ko‘ra portal vositasida 251 300tadan ortiq murojaatlar qilingan bo‘lib, ularning yarmidan ko‘pi ishlab chiqilib, hal etilgan. Ta’kidlash kerakki, bu shunchaki raqamlar emas, bu fuqarolarimizning hal etilgan muammolaridir.

UZINFOCOM markazi tomonidan mamlakatimiz fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga murojaat etish usullari tanlovini taqdim etish uchun ilgari tilga olganimiz Davra.uz tarmog‘i onlayn-qabulxona amalga oshirildi. «O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri virtual qabulxonasi axborot markazi» maxsus guruhida har bir xohlovchi rasman va o‘rnatilgan tartibda amalga oshirilgan murojaatlatlarga tenglashtirilgan darajada murojaat qilishi mumkin.

Milliy kontentni rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qo‘llab-quvvatlashi asosida UZINFOCOM markazi tomonidan avgust oyida butunlay yangi formatda «Yangi Internet Tashabbusi» — tanlovi e’lon qilingandi. Tanlov evasiga barcha xohlovchilar (jismoniy va yuridik shaxslar) internet-loyihalarinng moliyalashtirilishi imkoniga ega bo‘ldilar. Tanlovda jami 243 nafar ishtirokchi ro‘yxatga olindi, ulardan 73 nafari o‘z loyihalari taqdimotlarini taqdim etdilar, 58 nafari esa taqdimotda shaxsan ishtrok etdlar. Hozirgi vaqtda tanlovning ikkinchi bosqichi o‘tkazilmoqda, unda taqdim etilgan texnik topshiriqlarga asoslangan internet-resurslarini yaratuvchi g‘olib dasturchilarni topish ishlari olib borilmoqda, ularning umumiy soni 15 nafarni tashkil etadi. Shunday ekan, yaqin orada Uznet qator foydali va sifatli resurslarga ega bo‘ladi.

O‘tgan yilda UZINFOCOM markazi tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirildi, biroq bu erishilgan yutuqlarda to‘xtab qolish uchun sabab bo‘lolmaydi. Axborot resurslari va tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha rejalarimiz katta, ularni tizimli integratsiyalashtirish, Milliy kontentni kengaytirish, shuningdek, bir qator foydali ta’limiy resurslar va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi resurslarni rivojlantirishdan iborat. Ishonamanki, mamlakatimiz rahbariyatining oqilona munosabati va qo‘llab-quvvatlanishi bilan yuksak maqsadlarimizga erishisha olamiz.

Yangi yilda barchaga muvaffaqiyatlar, qiziqarli loyihalar va ko‘plab yutuqlarga erishishingizni tilaymiz!

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq