Ledokol Group rahbari Dilshod Muzaffarov bilan Blits-intervyu
02.01.2017
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

ledokol_02_01_2016

O‘tayotgan yil Ledokol Group uchun samarali yil bo‘ldi. Internetda ko‘plab reklama kampaniyalarini yo‘lga qo‘ydik, Usenet internet-konferensiyasini qayta tikladik va birinchi MobiСon mobile-konferensiyasini o‘tkazdik.

An’anaga ko‘ra Internetda FMCG-kompaniyasi va mobil operatorlari juda faol bo‘ldi.

Bank sektorini alohida esga olish zarur — bu yerda reklama beruvchilar ko‘paydi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasidan reklama beruvchilar ko‘paydi.

Internetda offlayn-media (TV, radio, tashqi reklama)dan reklama budjetlari o‘tishi kuzatildi.

O‘tayotgan yilning yana bir yorqin trendi — bu mobil foydalanuvchilari sonining jadal o‘sishi bo‘ldi.

Noyabr oyi ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekistonda mobil qurilmasi egalari internet-foydalanuvchilarining 57 foizidan ortiqni tashkil etadi.

Bu yaqin vaqt mobaynida reklama bozori Mobayl tomoniga o‘sishini ko‘rsatadi.

Mobil reklamasi bozori, u bilan birga esa barcha texnologik formatlar — qo‘shimcha reallik, VR, foto va video 360 gradusda o‘sib boradi.

ledokol_27_12_2016_01

O‘tayotgan yilda xalqaro tadbirlar — Usenet internet-konferensiyasi va MobiCon mobile-only konferensiyasini o‘tkazdik. Ularning har biri o‘z maqsad va vazifalariga ega, shu bilan bir vaqtda har ikki tadbir o‘zida noyob ekspert maydonini namoyon etadi.

Hozirning o‘zda yangi yilda o‘tkaziladidan konferensiyalarga hozirlik ko‘rmoqdamiz. 2017-yilda ko‘p sonli xalqaro spikerlarni jalb etishni rejalashtirganmiz, dasturiy qismi ustida ishlab, ishtirokchilarni yangi formatlar bilan ko‘rishni istaymiz.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq