2017 arxivlar

2016 yilning yanvar-dekabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarini rivojlanishi

Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsiyalar texnologiyasini jadal tadbiq etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish va axborot kommunikatsiyalar texnologiyalarini modernizatsiya qilish texnik, texnologik yangilashlarni ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining barqaror o‘sishda davom etishini ta’minladi.

Muallif:

AKT sohasidagi tadbirkorlik subyektlari vakillari diqqatiga!

mitc_19_01_2017

АКТ sohasida qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, sohada faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik va biznes subyektlari o‘z faoliyatlarida duch kelayotgan muammolarni vaqtida aniqlash, byurokratik to‘siqlarning oldini olish yuzasidan taklif va fikr-mulohazalarini o‘rganish maqsadida, AKT sohasidagi tadbirkorlarni hamkorlikka chorlaymiz.

Muallif:

Davlat idoralarida axborot xavfsizligini ta’minlash muhokama qilindi

inf_13_01_2017

13 yanvar kuni Aloqa tarixi muzeyida bo‘lib o‘tgan respublika seminarida davlat organlari faoliyatida axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi. Seminarning o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad davlat muassasalari faoliyatida axborot xavfsizligi qoidalariga rioya etish, bu borada o‘zaro mahalliy va xalqaro tajribalar yuzasidan fikr almashishdan iborat.

Muallif:

“Sepsis” dasturiy mahsuloti

Bir guruh o‘zbek dasturchilari tomonidan «Sepsis» dasturiy mahsuloti yaratildi. Dastur tibbiyotda qandli diabet fonida rivojlangan infeksiyaning mahalliy yoki tarqalgan turlarini erta aniqlash va taqqoslama tashhis qo‘yish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, buning natijasida qandli diabet fonida rivojlangan tizimli yallihlanish reaksiyalari sindromi (SIRS) yoki sepsisning turli shakllarida intensiv davo choralarini aniqlab beradi.

Muallif:

«Mening o‘g‘lim – Vatan himoyachisi» mavzusida videomuloqotlar!

video_10_01_2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-dekabrdagi F-4766 sonli «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 25 yilligi» va «Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida» gi F-4766-sonli Farmoyishiga muvofiq, mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligi, mudofaa hamda harbiy qurilish sohasida erishilgan yutuqlar tashviqotining ishonchli kafolati bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 25 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan bayram tadbirlarini munosib o‘tkazish maqsadida, «O‘zbektelekom» AK tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda «Mening o‘g‘lim – Vatan himoyachisi» mavzusida videomuloqotlar o‘tkazildi.

Muallif:

«East Telecom» MCHJ bosh direktori janob Li Sang Ki bilan Blits-intervyu

et_10_01_2017

Mana o‘n uch yildirki, East Telecom kompaniyasi o‘z xizmatlarini O‘zbekiston IT bozorida taqdim etib kelmoqda. 2016-yil sarhisobini qilib, aytish lozimki, yil mobaynida kompaniya tomonidan ko‘plab rejalashtirilgan ishlar amalga oshirildi, maqsadlarga erishildi, shuningdek, mavjud mijozlarimizning sodiqliklari va ishonchlarini oshirsh uchun katta ishlar amalga oshirildi. Hozirgi vaqtda East Telecom yuqori sifatli qulay va ishonchli xizmatlarni taqdim etish yo‘li bilan bozordagi ulushini oshirishda davom etmoqda.

Muallif: