VR-shlemlarni yetkazib berish hajmi 2020-yilda o‘n marta ortadi
28.12.2016
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

Canalys kompaniyasi yil yakunlari bo‘yicha jahon bozorida virtual reallik shlemlari (VR)ning savdo hajmini baholadi va o‘n yillik oxiriga qadar bashorat ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.

vr_28_12_2016

Keltirilgan raqamlarda kiritilgan displeeyli VR-qurilmalarini yetkazib berish ham hisobga olingan. Ishlashida smartfon talab etiladigan Samsung Gear VR kabi gadjetlar hisobga olinmaydi. Shunday qilib, ma’lum qilinishicha, 2016-yilda global miqyosda 2 mln.dan ortiq virtual reallik shlemlari sotilgan. PlayStation VR umumiy savdo hajmi 800 ming donadan oshgan. Ommaviyligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda HTC Vive shlemi joy olgan, uning yil oxiridagi yetkazib berish natijalari 500 ming donani tashkil etadi. Uchinchi o‘rinda savdo hajmi deyarli 400 ming komplektdan iborat bo‘lgan Oculus Rift qurilmasidir.

Shuningdek, kompyuterga bog‘liq bo‘lmagan virtual reallik shlemlarining savdo hajmi deyarli 100 ming dona qurilmasini tashkil etishini ham ko‘rsatish mumkin. 2017-yilda VR-shlemlarining savdosi 5 mln. donani, 2018-yilda deyarli 10 mln. donani tashkil etishi bashorat qilinmoqda. 2020-yilda yetkazib berish hajmi 20 mln. donani tashkil etib, ya’ni 2016-yilga nisbatan o‘n marta ortadi.

Manba

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq