Robotlashgan sezish hissiga ega qo‘llar
28.12.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

robot_28_12_2016

Sun’iy intellekt sohasidagi muhim yutuqlar — androidlar insonlardan ikki qadamgina ortda qolayotganligini anglab yetishimizga imkon bermoqda. Agar SIRI dasturi bizga latifa aytib bera oladigan imkoniyatga ega bo‘lsa ham, aslida, robotlar hali ham ancha qo‘pol qurilmadir. Shu sababli ko‘plab mutaxassislar yumshoq jismdan ishlangan tanali robototexnikaga katta e’tibor qaratmoqdalar. Yaqinda Kornell universiteti tadqiqotchilari insonlar kabi aniq seza oladigan yumshoq jismli mexanik qo‘llarni taqdim etdilar. Qo‘llarga «Gentle Bot» deb nom berdilar, — ma’lumot berildi Robotics.ua. manbasida.

Keyingi 20 yilliklardagi yumshoq litografiya va 3D-bosma texnologiyalarining paydo bo‘lishi robototexnika ekspertlariga yumshoq robotlarga joriy etish mumkin bo‘lgan datchiklarni yanada oson tayyorlash va ishlab chiqarish imkonini berdi. Optik to‘lqin o‘tkazuvchilar yorug‘lik o‘zgarishini aniqlash, qo‘llar konstruksiyasida foydalanadigan elektr tokini o‘tkazishda qo‘llaniladgan og‘ir materiallar bilan ishlashda yordam beradi. Svetodiodlardan tarkib topgan elastik optik to‘lqin o‘tkazuvchilarga pnevmatik barmoqlar kiritilgan bo‘lib, ularga atrof-muhitni «sezish» imkonini beradi. Yumshoq barmoqlar qattiq, biroq egiluvchan panjaga biriktirilgan bo‘lib, qurilmaga tushadigan yorug‘lik miqdoridan ta’sirlanadi. Bu o‘zgarishlar yorug‘lik detektori yoki fotodiod bilan o‘lchanadi. Ichki optik kabellar inson qo‘llaridagi nerv tolalari kabi amal qiladi.

Tadqiqotning yetakchi muallifi Huichan Zhao buni quyidagicha tushuntiradi: «Mazkur qo‘llarning har bir bo‘g‘imi simlar bilan dvigatelsiz ishlaydi. U yuzasida ham, shuningdek, ichki tomonidan ham ko‘plab datchiklarga ega yumshoq jismdir. Shu tariqa, odamlarnikidan qolishmaydigan qo‘llar yaratishga erishdik». Pamildorilar ustida o‘tkazilgan tajriba testi ko‘rsatishicha, texnologiyalarning bu turi kam ish haqi to‘lanadigan ish kuchining o‘rniga ishlab chiqarishda qo‘llanilib, inson o‘rnini almashtirishi mumkin. Ayrim yumshoq jismli robotlashtirilgan qo‘llardan allaqachon oziq-ovqat mahsulotlarini saralash va qadoqlashda foydalanilmoqda. Biroq uzoq muddatli istiqbolda boshqarish uchun «miya»ga ulanadigan protezlar yaratish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, Kornell universiteti tadqiqotchilari kelajakda koinotni tadqiq etish uchun optik to‘lqin uzatuvchi bio-ta’sirlanadigan robotlar yordamida qurilmalarining integratsiyasini o‘rganmoqdalar. Mazkur texnologiya oldida juda uzoq yo‘l mavjud. Hozirda qo‘l qaysi pamildori pishganligini his etishga qodir, biroq u avvalgidek, narsalarning qay biri haqiqiy, qay biri esa akrildan yasalganligini taniy olmaydi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq