Noyob ikki qo‘lli shaxmatshi-robot
28.12.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

shah_28_12_2016

IBM Deep Blue superkompyuteri 1997-yilda jahon chempioni Garri Kasparovni mag‘lub etib, shaxmat olamini zabt etgandi. Afsuski, o‘sha vaqtda haqiqiy shaxmat taxtasida donalarni surish uchun Deep Blue qurilmasining qo‘li yo‘q edi. Biroq hozirgi davrda buning iloji topildi. CES 2017 ko‘rgazmasida Tayvan sanoat texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti (ITRI) o‘zining shaxmatshi-robot qurilmasini taqdim etdi, — ma’lumot beriladi Robotics.ua manbasida.

Ehtimol, mazkur robot Deep Blue kabi aqlli emasdir, biroq o‘yin jarayonida ishtirok etish uchun uning UR5-ikki robotlashtirilgan qo‘llari mavjud. ITRI vakillari ma’lum qilishicha, robotning intellektual va texnik ko‘rish tizimi unga vizual olamda interpretatsiya qilish hamda vizual axborot va xususiy tajribalari asosida harakatlanish imkonini beradi. Robot uzoq yillar mobaynida, shaxmat sohasida jamlangan chuqur bilimlarni o‘rganish usulidan foydalanadi. Shaxmat o‘yinining taqdimoti vaqtida ro‘parasidagi raqibi bo‘lgan insonning tasodifiy yurishini baholay oladi hamda shunga ko‘ra shaxmat donalarini joriy holatga muvofiq suradi. Shuningdek, ushbu robot qahva uzatish malakasiga ham ega. Bu hayratlanadigan holat emas, biroq robot idishlarga qahvani turli darajada to‘ldirishi va duch kelgan joyga qo‘yishini ko‘rish albatta, qiziqarli bo‘ladi. Shaxmat o‘yiniga ixtisoslashtirilgan robotlar yangilik bo‘lmasligi mumkin, biroq shaxmatchilar uchun mazkur apparat bilan musobaqalashish va uning nimalarga qodirligini bilish juda qiziqarli bo‘lsa, ajabmas.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq