Modulli ilon-roboti
28.12.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

module_28_12_2016

Ixcham robotlarga o‘rnatish va ularning samarasini yanada oshirish uchun zamonaviy datchiklar, kompyuterlar, ijro mexanizmlari va batareyalar yil sayin kamayib ketmoqda.

Ma’lumki, modulli robotlar jihozlanishi va qurilishining murakkabligi nuqtai nazaridan, qimmatbaho bo‘lib hisoblanadilar. Biroq shunday bo‘lsada, modul tizimlari katta ustunlikka ega: robotlar har qanday o‘lchamga, oson sozlanadigan va barcha nosozliklarni to‘g‘rilash imkoniga va har qanday konfiguratsiyaga ega bo‘lishi mumkin. MITdan ChainFORM loyihasi mazkur g‘oyaning joriy etilishi qiziqarli bo‘lib hisoblanadi: bu LineFORM evolyutsiyalashtirilgan ilonsimon robot modul tizimi bilan farqlanadi, undan o‘zingizga nechta robot yaratish zarur bo‘lsa, shunchasini yaratish hamda unga har qanday narsalarni sozlash mumkin bo‘ladi. MIT Media Lab tomonidan ChainFORM «shaklini almashtiruvchi interfeys» sifatida atalmoqda. Har bir ChainFORM moduli bir necha yuzada burchakli topish, svetodiodli shu’lalar, shuningdek, servodvigatellarni topish uchun sensorlarni o‘z ichiga oladi. Aloqa arxitekturasida nozik jihati mavjud: MIT tomonidan avtomatik ravishda qancha modul mavjudligi va modullar bir-biri bilan qanday bog‘langanligi hamda shu bilan birga, haqiqiy vaqt rejimida kirish va chiqish imkoniyatini saqlab qolish tzimini o‘ylab topishga to‘g‘ri keldi. Har bir modulning holati va yo‘nalishi nisbatan ma’lum bo‘lgani uchun ajoyib narsalar yaratish, funksiyasini amalga oshiradgan va hatto modul shakli o‘zgargan taqdirda ham funksiyasini o‘zgartirib, moslashadigan displeyni dinamik rekonfiguratsiyalash mumkin.

ChainFORM to‘liq modulli bo‘lib hisoblanmaydi, ya’ni har bir modul butunlay avtonom emas. Ular energiya ta’minotiga bog‘liq bo‘lib, umumiy boshqaruvi uchun plata mavjud bo‘lishi zarur. USB orqali kompyuter bilan o‘zaro bog‘liq holda ishlaydi. Biroq ushbu bog‘liqlik bir vaqtda foydalanish mumkin bo‘lgan modullarning umumiy soniga cheklov qo‘ymaydi. Modullar ham yetarli darajada kuchli. Ularning har biri 0,8 kg/sm. aylanish kuchiga ega bo‘lib, bu mayda narsalarni joylashtirish uchun yetarlidir. U oyoqlari bilan harakatlanmaydi, biroq ilova qilingan taktil qayta aloqa uchun samarali, shuningdek, o‘z xususiy og‘irligining katta qismini qo‘llab-quvvatlaydi. ChainFORM ishlab chiqaruvchi(dasturchi)lar uchun tizimni takomillashtirishda o‘z bilimlarini tatbiq qilish mumkin bo‘lgan katta imkonga ega. Ular har bir yuzaga displey o‘rnatib, ularning qamrovlarini oshirishlari mumkin. Shuningdek, turli modullarni ulash uchun birgalikdagi konfiguratsiya va turli sohalarda modullarni taqsimlash usullarini yarata oladilar. Bundan tashqari, mazkur loyiha asosida mustaqil ravishda, biroq o‘z detallari evaziga modullarni yig‘a olish imkoniyati mavjud. Shuningdek, robotics.ua ma’limotiga ko‘ra, tadqiqotchilar, shubhasiz, umuman alohida modullarni murakkablashtirmay turib, tizim qobiliyatini oshirishga yordam beruvchi sensorli modullarning turli xillarini va simlarni qo‘shish masalasini muhokama qilmoqdalar. Shunday ekan, hozirgi kundagi robot varianti — bu oxirgi variant emas.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq