Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat Inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Isomiddin Ashurov bilan blits-intervyu
27.12.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar, Intervyu.
Muallif: .

gis_27_12_2016

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat Inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya) tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, aloqa xizmatlari sifatini nazorat qilish hamda davlat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari(AKT)ni joriy etish va rivojlantirish maqsadida 2016-yilning 11 oyi mobaynida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Jumladan: Inspeksiya tomonidan Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2015-yil 7-dekabrdagi 01-son qarori bilan tasdiqlangan «2016-yilda o‘tkaziladigan tekshirishlar reja-jadvali»ga muvofiq 11ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida rejali tekshirishlar o‘tkazildi. Ushbu tekshirishlar jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan dalolatnomalar rasmiylashtirilib, o‘rnatilgan tartibda 10ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan yozma ko‘rsatmalar berildi. Davlatimiz tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka erkinlik berish, ular faoliyatiga har qanday asossiz aralashuvlar va to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik, profilaktika ishlarini faollashtirish, tadbirkorlik subyektlari bilan muntazam ravishda, muloqotlar uyushtirish va ularga yaqindan amaliy ko‘mak berish, tekshirishlarni tartibga solishga doir qonun hujjatlari talab­larini targ‘ib qilishga qaratilayotgan e’tibordan kelib chiqqan holda hamda bevosita joylarga chiqilib, 2644ta subyektlar bilan tushun­tirish ishlari olib borildi, 461ta seminar tashkil etildi va ushbu seminarlarda 4601ta tadbirkor va korxonalar xodimlari ishtirok etdi. 265ta «Ochiq eshiklar kuni» tadbirlari o‘tkazilib, tadbirda ishtirok etgan 2176ta tadbirkor va fuqarolarning 460ta muammoli masalalari ko‘rib chiqildi. Ommaviy-axborot vositalarida 1004ta chiqishlar tashkil etildi.

O‘tkazilgan tadbirlar, kelib tushgan ma’lumotlarni o‘rganish natijalariga asosan aloqa sohasiga oid qonun va normativ hujjatlar talablarini buzgan 100 nafar shaxsga nisbatan Inspeksiya va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi»ning tegishli moddalariga asosan 41 826 555 so‘m miqdorida ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi. Inspeksiya tomonidan mobil aloqa, Radioeshittirish, televideniye, telekommunikatsiya hamda ma’lumotlar uzatish tarmoqlari sohasida jami 1172ta qurilishi tugallangan obyektlar foydalanishga qabul qilindi.

Mobil aloqa va radiochastotalar sohasida elektron vositalari va yuqori chastotali qurilmalarning noqonuniy ishlatilishining oldini olish maqsadida, Inspeksiya hamda vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 177ta qo‘shma tadbirlar o‘tkazildi. Shu bilan bir qatorda, aloqa xizmatlari sifatini yaxshilash va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida «O‘zbektelekom» AK bilan imzolangan Kelishuv asosida «O‘zmobayl» filiali Buxoro bog‘lamasida hamkorlikda bitta profilaktik o‘rganish tadbiri o‘tkazildi. Radioeshittirish va televideniye (kabel televi­deniyesi) sohasida kabel televideniyesi, telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish, telekommunikatsiya operatorlarining kabel xo‘jaligini tartibga keltirish ishlarini nazoratga olish natijasida 85% uylarda abonent kabellari tartibga keltirildi.

Telekommunikatsiyalar tarmog‘ini rivojlantirish, samaradorli­gini oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida, «O‘zbektelekom» AK, «UzI» Qo‘shma korxonasi va «O‘zbektelekom» AKning «Telekommunikatsiya Transport Tarmog‘i» filiali bilan hamkorlikda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlar asosida nazorat o‘tkazildi. Xususan, Inspeksiya bilan «O‘zbektelekom» AK hamkorligida o‘zaro keli­shuvga asosan «O‘zbektelekom» AK «Telekommunikatsiya Transport Tarmog‘i» filialining 2ta bog‘lamasida, «O‘zbektelekom» AKning 2ta filialida, «O‘zI» Qo‘shma korxonasining bitta filialida va filiallar­ning 41ta tuman telekommunikatsiya bog‘lamalarida o‘rganishlar o‘tkazildi.

gis_27_12_2016_01

Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari sohasida Inspeksiya tomonidan ma’lumotlarni uzatish xizmatlarini ko‘rsatuvchi subyektlarning mas’ul rahbarlari ishtirokida ma’lumotlarni uzatish xizmatlarini ko‘rsatishda me’yoriy hujjatlarda belgilangan ko‘rsatkichlardan og‘ishmaslikka e’tibor qaratilishi yuzasidan jami 6ta profilaktika tadbirlari o‘tkazilgan. Bu o‘z navbatida, XYUSlar tomonidan litsenziya shartlari, me’yoriy va me’yoriy-hujjatlar talablarining buzilish holatlari sezilarli darajada kamayishiga olib keldi. Pochta aloqasi va davriy matbuotni tarqatish sohasida o‘rganishlarni tashkil etish maqsadida, «O‘zbekiston pochtasi» AJ va Inspeksiyasi o‘rtasida hamkorlikda ishlash yuzasidan tuzilgan Kelishuvga asosan joriy yil davomida «O‘zbekiston pochtasi» AJning 3ta filiallarida, 50ta pochta aloqasi tarmoqlarida, 219ta pochta aloqasi bo‘limlarida hamda «Xalqaro pochtamt» filialida o‘rganishlar o‘tkazildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o‘rganishlar jarayonida amaliy yordam ko‘rsatildi, ayrim kamchiliklar joyida bartaraf etildi, kamchiliklarning kelgusida takrorlanishining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berildi. Inspeksiyaga jami 1457ta murojaatlar kelib tushgan. Shulardan:

  • 28 tasi vakolatga kirmaydigan masalalar yuzasidan;
  • 71 tasi teleradio dasturlarini tarqatish va kabel televideniyesi xizmatlari yuzasidan;
  • 286 tasi mahalliy telefon aloqasi xizmatlari yuzasidan;
  • 307 tasi pochta aloqasi va matbuot tarqatish xizmatlari yuzasidan;
  • 380 tasi internet xizmatlari yuzasidan;
  • 385 tasi mobil aloqa xizmatlari yuzasidan.

gis_27_12_2016_02

Bosh vazir virtual qabulxonasi orqali Inspeksiyaga 891ta murojaatlar kelib tushganligi mazkur virtual qabulxonaning fuqarolar tomonidan samarali foydalanilganligidan dalolat beradi. O‘zbe­kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-aprel­dagi 102-son qarori bilan amalga kiritilgan Nizomga muvofiq Vazirlik tomonidan tasdiqlangan jadval asosida Inspeksiya tomonidan 2016-yilda 26ta davlat organlarida AKTni joriy etish va rivojlantirish holati bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi. Mazkur o‘rganishlar natijasida Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazlari tomonidan davlat organlarining AKTni joriy etilganlik va rivojlantirganlik holati, rasmiy veb-saytlari, yaratilgan axborot tizimlari va axborot xavfsizligi ta’minlanganligi bo‘yicha NIS.UZ tizimini monitoring qilish natijalariga ko‘ra, 14ta davlat organlarining reyting bahosi o‘rtacha 5,5 foizga oshdi, qolgan 12ta davlat organlarida bu ko‘rsatkich o‘rtacha 5,9 foizga kamaydi. Yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida, Inspeksiya tomonidan 2017-yil mobaynida quyidagi asosiy ishlar, xususan:

  • Davlat organlarida AKT joriy etilganligi va rivojlantirish holati yuzasidan o‘rganishlar sifatini oshirish va Hukumat qarorlari bilan yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida sifatli bajarilishini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ichki buyruq­lariga muvofiq, 2017-yilda Vazirlik tizim tashkilotlari va soha korxonalarida AKTni joriy etilganligi va rivojlantirish holati yuzasidan monitoring va tizimli o‘rganishlarni o‘tkazish va Davlat organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini nazorat qilish;
  • Inspeksiyaning rasmiy veb-saytini takomillashtirish hamda fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida, qo‘shimcha inter­aktiv xizmatlarni tatbiq etgan holda yangi tahrirdagi veb-saytni joriy etish hamda Inspeksiyaning interaktiv xizmatlarini zamonaviy talablar asosida taqdim etish maqsadida mobil ilo­valarni yaratish;
  • Aloqa tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida, XYUSlar bilan hamkorlikda liniya-kabellar texnik holatini yaxshilash, me’yoriy talablar darajasiga muvofiqlashtirish yuza­sidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ijrosi nazoratini kuchaytirish kabi dolzarb ishlar amalga oshirilishi rejalash­tirilgan.
Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq