ombudsman.uz: inson huquqlari himoyasiga yangicha yondashuv
24.12.2016
Rukn: Internet.
Muallif: .

ombuz_24_12_2016

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning yangi www.ombudsman.uz rasmiy veb-sayti, virtual qabulxonasi va “Ishonch telefoni” taqdimoti bo‘ldi.

ombuz_24_12_2016_01

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Ulug‘bek Muhammadiyev, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori vazifasini bajaruvchi Xans Ulrix Im va boshqalar O‘zbekistonda inson qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlashning strategik mexanizmi shakllanganini alohida ta’kidladi. Bu boradagi huquqiy asos izchil takomillashib, aholiga qulayliklar yaratish borasidagi sa’y-harakatlar yanada faollashayotgani huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishga xizmat qilmoqda.

Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda inson huquqlari ustuvorligi tamoyiliga tayanadigan, milliy huquqiy tizim yaratilgan. Inson manfaatlari barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy mezoni sifatida belgilangan.

Konstitutsiyamizda demokratiya umuminsoniy tamoyillarga asoslanishi, unga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi o‘z ifodasini topgan. Fuqarolarning shaxsiy, iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va madaniy huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan ko‘plab qonunlar qabul qilingan.

Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinligiga rioya etish va himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilingani buning yorqin isbotidir.

Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida Ombudsman internet-resursining modernizatsiya qilinishi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash, keng jamoatchilik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish, odamlarimiz huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning axborot olish erkinligini yanada kengaytirishda muhim ahamiyatga ega.

ombuz_24_12_2016_02

Veb-sayt muntazam ravishda inson huquqlariga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar, tahliliy maqolalar, sohaga doir so‘nggi yangiliklar bilan boyitib borilmoqda. Virtual qabulxona orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar murojaat qilishi mumkin. Bunda elektron imzo talab etilmaydi.

Sayt orqali Ombudsmanning fuqoralarning murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyoti natijalari, qonunchilikni takomillashtirish, huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati yuzasidan muntazam axborot berib boriladi.

– Bag‘rikenglik va inson huquqlarini hurmat qilish tinchlik va barqarorlikni ta’minlashning muhim asosidir, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati boshlig‘i Gulnoza Rahimova. – Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlar jarayonida inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilayotgani mamlakatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning yangi www.ombudsman.uz rasmiy sayti faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirishiga ishonamiz.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq