Kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi natijalari yuzasidan mobil aloqa operatorlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, mobil aloqa qamrov hududi va tarmoq sifat ko‘rsatkichlarini belgilangan texnik me’yorlariga keltirish hamda abonentlarga mobil aloqa xizmatlaridan kecha-kunduz foydalanish imkonini ta’minlash yuzasidan 2016 yil 30 noyabrda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (Inspeksiya) ma’muriy binosida mobil aloqa operatorlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda operatorlarning mas’ul mansabdor shaxslari va mutaxassislari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda quyidagi savollar ko‘rib chiqildi:

    — aholi kam istiqomat qiladigan va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarni mobil aloqa tarmog‘i bilan qamrab olish;
    — mobil aloqa tarmog‘i qamrovi mavjud bo‘lgan, shuningdek, elektroenergiya ta’minotida ko‘p uzulishlar bo‘ladigan hududlarda abonentlarga mobil aloqa xizmatlaridan kecha-kunduz foydalanish imkonini yaratish;
    — aholi zich joylashgan hududlarni keng tarmoqli internet xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida 3G va 4G tarmoqlari qamrovini kengaytirish;
    — axborot-ma’lumot xizmati (call-sentr) faoliyatini takomillashtirish va abonentlarga sifatli hamda tezkor xizmat ko‘rsatish, shuningdek murojaatlarni ko‘rib chiqishda natijali choralar ko‘rish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda aytib o‘tilgan barcha kamchilik hamda takliflar atroflicha muhokama qilindi va natijalari yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Manba

Orphus system