O‘zbekiston va Koreya pochta xizmatlari: hamkorlik jadal rivojlanmoqda
21.12.2016
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

pochta_21_12_2016

O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi yuqori pog‘onalarga ko‘tarilgan keng qamrovli munosabatlari davlatlarimiz pochta xizmatlarining hamkorligini kengaytirishda muhim asos bo‘lib kelmoqda.

2016 yil aprel oyida Seulda “O‘zbekiston pochtasi” AJ hamda Koreya pochtasining rahbariyati o‘rtasida birinchi muloqot bo‘lib o‘tgan va hamkorlikning dolbzar yo‘nalishlari borasida fikr almashilgan.

Joriy yilning avgust oyida Koreya tomoni “O‘zbekiston pochtasi” AJ pochta bo‘limlarini avtomatizatsiyalash darajasini o‘rganib chiqqan. Muloqotlar davomida Jamiyatimiz mutaxassislari bilan birgalikda pochta infratuzilmasini takomillashtirish va informatsion texnologiyalarini joriy etish kabi masalalar muhokama qilingan.

pochta_21_12_2016_1

2016 yil15 dekabr kuni “O‘zbekiston pochtasi” AJ Bosh direktori Sh.Atamuxamedov Koreya pochtasi Prezidenti janob Kim Ki Deok boshchilida Toshkentga tashrif buyurgan delegatsiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Koreya mutaxassislari tomonidan avval tayyorlangan “O‘zbekiston pochtasi” AJ pochta bo‘limlarini modernizatsiya qilish loyihasi bilan tanishish va uni muhokama qilish.

Muzokaralar natijasida pochta logistikasini yaxshilash , axborot texnologiyalarini joriy qilish yordamida ushbu loyihani qadam — ba qadam amalga oshirilishi O‘zbekiston pochta xizmatini rivojlantirishning o‘ziga xos “yo‘l xaritasi” timsolida mutaxassislar qabul qilishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq