Gelioenergetik qurilma
17.12.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«PREMER OFIS» Xususiy korxona xodimlari gelioenergetik qurilmasini ishlab chiqishdi. Mazkur ixtiro geliotexnika, quyosh energiyasidan elektr energiya oladigan qurilmalarida foydalaniladi.

Foydali modelning vazifasi foydali ish koeffitsienti oshirilgan, foydalanishda ishonchliligi ortgan hamda bevosita fotoelementlarning o‘zidan ajratiladigan sinusoidal tok olish imkonini beradigan kichik gabaritli gelioenergetik qurilmani ishlab chiqishdan iborat. Qurilma tarkibiga quyosh elementlariga ega matritsa, quyoshni zenital va azimutal kuzatish tizimi bilan bog‘langan quyosh nurlanishi konsentratori, jamlangan yorug‘lik oqimi intensivligining mexanik modulyatori kiradi. Quyosh elementlariga ega matritsa modulyatsiyalangan kvaziparallel jamlangan yorug‘lik oqimi zonasida o‘rnatilgan va sovitiladigan qilib bajarilgan.

ima_17_12_2016

Mualiflar — Simonov Aleksandr va Kamardin Aleksey — ushbu foydali model uchun № FAP 01150 raqamli patent berildi.

Manba

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq