AKT vazirligi poytaxtning Sergeli tumanida sayyor qabul o‘tkazdi
16.12.2016
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

mitc_16_12_2016

2016 yilning 15 dekabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi aholi vakillari uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. Vazirlik rahbariyatining bu turdagi bevosita muloqotlari Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 28 iyulda tasdiqlangan jadvalga muvofiq muntazam tashkil etiladi.

Bu galgi ko‘chma qabulda tumanning 200 nafardan ziyod aholisi ishtirok etdi. Vazirlik faoliyatidan kelib chiqib, aholi vakillari telekommunikatsiya xizmatlari, xususan telefon, pochta, mobil aloqa hamda internet xizmatlari bilan bog‘liq savollariga javob olib, yangiliklar bilan tanishdilar.

Qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘lgan uchrashuvda fuqarolar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga daxldor o‘zlarini qiynayotgan muammolarni, aniq-ravshan masalalarni ko‘tarib chiqdilar. AKT sohasi rivoji uchun muhim bo‘lgan bu masalalar qatorida, yurtdoshlarimiz sohani rivojlantirish yuzasidan taklif va istaklarini bildirdilar.

Ko‘chma qabulda ishtirok etgan fuqarolar bu kabi xalq bilan uchrashuvlar, ikkitomonlama muloqot ham aholi, ham sohalar, jamiyat rivoji uchun manfaatli ekanini, mazkur uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish maqsad muvofiqligini ta’kidlab o‘tdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq