Yangi amaliyot – Davlat boshqaruv organlarida AKT joriy etilishi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan “Haftalik kollegial seminar”
15.12.2016
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

haf_15_12_2016

Mamlakatimizda, davlat boshqaruv organlari ma’muriy va operatsion jarayonlariga “Elektron hukumat” tizimi mexanizmlarini keng ko‘lamda joriy etish bilan bog‘liq hukumat qarorlari ijrosi doirasida, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida axborot va ma’lumotlar olish, davlat organlari tomonidan fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, jumladan, davlat va tarmoq xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish uchun axborot va interaktiv servislar ishlab chiqilmoqda va joriy etilmoqda.

Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari tomonidan tegishli sohalarda, tizimli ravishda, elektron hukumat mexanizmlarini keng joriy etish bo‘yicha ishlarni tashkil etish, bu borada, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari(AKT)ni joriy etish va rivojlantirishga ixtisoslash­tirilgan tarkibiy bo‘linmalarning mavjudligi, ulardagi rahbar va ijrochi xodimlarning ixtisosligi, malakasi, tajribasi va tashabbuskorligi hal qiluvchi ahamiyatga ega ekan­ligini ta’kidlaydi. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnolo­giyalari va kommunikatsiyalarini rivojlan­tirish vazirligi tomonidan davlat bosh­qa­­ruvi organlarining AKT bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalarining o‘za­ro hamkorligini ta’minlash, tajriba almashish, mavjud muammolarning samarali yechimlarini birgalikda izlab topish, o‘qitish va faoliyati holatini monitoring qilish mexa­nizmi sifatida, AKTga ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar uchun «Haftalik kollegial se­minar»lar o‘tkazish amaliyoti joriy etil­gan­ligi ijobiy voqea bo‘ldi.

2016-yil 21-apreldan boshlab, «Elektron hukumat» markazida, O‘zbekiston Respubli­kasi Axborot texnologiyalari va kommu­nikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomo­nidan tasdiqlangan jadval va o‘quv-tematik rejasi asosida, 44ta davlat organlarining AKTga ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari bosh­liqlari va vakillari ishtirokida, «Haftalik kollegial seminar»lar tashkil etildi. «Haftalik kollegial seminar»lar doirasida AKT joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha mamlakati­mizda eng ilg‘or 5ta vazirlik, shuningdek, mazkur sohada, hozircha so‘nggi o‘rinlarni egallab turgan 5ta idorada tashrif seminarlari o‘tkazildi.

Tasdiqlangan jadvalga asosan seminarda vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentlik va inspeksiyalardan mas’ul xodimlar o‘quv-tematik rejaga asosan, tasdiqlangan hisobot berish shakli asosida tegishli vazirlik va idorada AKT va «Elektron hukumat» tizimi me­xanizmlarini joriy etish holati, muammolar va ularning istiqbollari mavzusida taqdi­motlarini namoyish etdilar. Rejaga binoan seminarlar «Elektron hukumat» markazida yoki joylarda «Sayyor» tarzda tashkil etildi. Joriy yilda jami 28ta «Haftalik kollegial se­minar» muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ulardan 21tasi «Elektron hukumat» markazida va qolgan 7tasi sayyor tarzda, joylarda tashkil qilindi. Jumladan: Davlat soliq qo‘mitasi, Aloqa tarixi muzeyi, Yer resurslari, geode­ziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimiyatlari huzuridagi «Yagona darcha» markazi, Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Multimediya markazi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklarida sayyor holda tashkil etilganligi alohida ahamiyatga ega.

Darhaqiqat yaxshi an’anaga aylangan mazkur «Haftalik kollegial seminar»lar o‘tkazish jadvalining AKTni joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha mamlakatimiz­dagi eng ilg‘or davlat organlarida tashrif seminari shaklida o‘tkazilgani, bu tashrif tadbiri hamkor davlat organlarida AKTni joriy etish bilan bog‘liq muammolarni hal etishga doir ilg‘or tajriba bilan bevosita ta­nishish imkonini berdi, shuningdek, ilg‘or fikr-mulohazalarni o‘zaro almashish maydonchasiga aylandi.

Muallif: Jahongir Turayev, O‘zbekiston Respublikasi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi mutaxassisi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq