Elektron litsenziyalash portali sinov tariqasida ishga tushirildi
15.12.2016
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasida investitsion va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish maqsadida Elektron litsenziyalash portali (https://license.gov.uz) sinov tariqasida ishga tushirildi.

Portalning asosiy maqsadi litsenziyalovchi organlar faoliyatining axborot-texnologik ta’minoti sifatini oshirish hamda “Litsenziya” axborot tizimlari majmuasini (keyingi o‘rinlarda “Litsenziya” ATM) ishlab chiqish va joriy etish orqali litsenziyalar va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlarni elektron shaklga o‘tkazishdan iborat.

Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash sohasidagi interaktiv xizmatlarni ko‘rsatishga ixtisoslashgan “Litsenziya” ATM quyidagi ijobiy natijalarga erishishni ta’minlaydi:

O‘zbekiston Respublikasi ijroiya hokimiyatining markaziy organlari hamda ularini hududiy va tuzilmaviy bo‘linmalarining litsenziyalash masalalari bo‘yicha o‘zaro faoliyati samaradorligini oshirish;

Litsenziya oluvchi hamda litsenziya beruvchi sub’ektlar orasidagi faoliyat samaradorligini oshirish;

O‘zbekiston Respublikasida faoliyatning alohida turlarini litsenziyalash sohasidagi ma’lumotlar ochiqligini ta’minlash;

Litsenziyalash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari hodimlarining mehnat unumdorligini oshirish;

Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash sohasidagi ma’muriy jarayonlarni, ularning muddatlarini, xizmatlar tan narxini, umuman barcha turdagi resurslar sarfini qisqartirish.

Portal quyidagi sohalardagi litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish to‘g‘risida ma’lumotlar olish hamda interaktiv xizmatlardan foydalanish imkonini beradi:

— Transport;
— Arxitektura va qurilish;
— Birja, rieltorlik faoliyati, lombardlar, lotereyalarni tashkil qilish;
— Madaniyat, noshirlik faoliyati, reklama;
— Qimmatbaho metallar va qimatbaho toshlarning aylanishi;
— Savdo faoliyati;
— Bojxona faoliyati;
— Bank, sug‘urta, qimmatbaho qog‘ozlar, mikrokreditlash;
— Neft va gaz majmuasi, tabiiy resurslardan foydalanish;
— Tibbiy faoliyat, farmatsevtika, veterinariya;
— Xavfli tovarlar va buyumlarning aylanishi;
— Audit, baholash va advokatlik faoliyati;
— Axborot texnologiyalari, kriptohimoya, EHM uchun dasturlar va fonogrammalar;
— Ta’lim, sport va turizm va boshqalar.

Manba

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq