Yaponiya kompaniyalari 2023-yil koinotga sayohat turistik parvozlarni tashkil etishni mo’ljallamoqda
14.12.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

yap_14_12_2016

All Nippon Airways (ANA) Yaponiya aviakompaniyasi mahalliy H.I.S. sayohat byurosi va PD Aerospace kompaniyasi bilan hamkorlikda keyingi yetti yil mobaynida koinotga turistik sa­yohat parvozlarini amalga oshirishni mo‘ljallamoqda. Loyiha­ning mohiyati shartli ravishda, Yer atmosferasi va koinot o‘rtasida cho‘ntak deb ataladigan chegarada Yerdan 100 km yuqoridagi masofada parvoz qiladigan kosmik samolyotlarni yaratishdan iborat. Apparat ishlanmasi bilan PD Aerospace mutaxassislari shug‘ullanishni zimmalariga olganlar.

ANA Holdings uchuvchilarni o‘qitish, texnik xizmat ko‘rsatish hamda xususiy parvozlarni tashkil etish bilan shug‘ullanadi. Nihoyat H.I.S. vazifalari sayohatchilarni topish va sayohat turlarini sotishdan iborat. Mazkur kosmik samolyot bortiga sakkiz kishini: ikki uchuvchi va olti sayohatchini olishi mo‘ljallanmoqda. Butun parvoz besh daqiqa vaznsizlik holati bilan hisoblaganda, taxminan 90 daqiqa davom etadi. Dastlabki parvoz 2023-yil dekabr oyiga belgilangan. Chiptasining narxi deyarli 125 ming AQSH dollari etib belgilangan. Yiliga ikkita kemada 50ta parvoz rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, britaniyalik milliarder Richard Brenson asos solgan Virgin Galactic kompaniyasi yaqin davr mobaynida kosmik turizm sayohatlari tashkil etishni rejalashtirgan. Virgin Galactic uzoq vaqtlardan buyon SpaceShipTwo kemasi va WhiteKnightTwo samolyot-tashuvchini sinovdan o‘tkazmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq