Jajji PogoCam kamerasini istalgan ko‘zoynakka mahkamlash mumkin
14.12.2016
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

pogo_14_12_2016

Joriy yil sentabr oyida Snapchat kompaniyasi jahonga o‘zining alohida xususiyatli dastlabki apparatli yechimi — Spectacles kiritilgan kameralari mavjud bo‘lgan, bahosi 130 dollarlik oftobdan himoya ko‘zoynagini taqdim etdi. Shunga o‘xshash funksionallikka ega bo‘lishni xohlaydigan, biroq o‘zlarining sevimli ko‘zoynagidan voz kechishni xohlamaydiganlar uchun PogoCam kamerasi yaratildi.

Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga qaraganda, PogoCam mos­lamasini har qanday (oftobdan himoya qiluvchi va ko‘rishni yaxshilash uchun mo‘ljallangan) ko‘zoynakka mahkamlash mumkin. Kameralar kattaligi o‘lchami 10,9 x 12,5 x 42,8 mm. Kamera besh­megapikselli tasvir datchiklari bilan jihozlangan, foydalanuvchilar kiritilgan flesh-xotiraga 100tagacha fotosuratni yoki 1280 x 720 piksel qamrovli ikki daqiqali tovushli videoni yozib olishlari mumkin. Yana bir ko‘zda tutilgan optsiyasi — 120 soniyali kliplardan iborat. Kamera korpusida yagona boshqaruv tugmasi mavjud, materiallarni Bluetooth yoki simli ulanish vositasida uzatish mumkin, quvvat olishi yarim soat mobaynida amalga oshadi. Ka­mera bilan suratga olish taqiqlangan joylarda, ko‘zoynak yorda­mida osongina suratga olish mumkin.

pogo_14_12_2016_01

PogoCam CES 2017-yilda taqdim etiladi, hozircha bahosi haqida ma’lumot yo‘q.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq